Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/06/2023
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Sh.S.Sharipovning yoshlarga tabrigi

Assalomu alaykum qadrli yoshlar!

Bugun, 30-iyun — yurtimizda Yoshlar kuni keng tantana qilinyapti. Shu munosabat bilan  kelajagimiz egalari bo‘lmish siz yoshlarni,  shu jumladan Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalarini muborakbod etaman.

 

Taʼkidlash joiz, mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati darajasidagi muhim masala bo‘lib kelgan. So‘nggi yillarda yosh yigit-qizlarimiz uchun yaratilayotgan keng ko‘lamdagi imkoniyat va shart-sharoitlar, ularning o‘qib-o‘rganishlari, qizg‘in faoliyat ko‘rsatishlari uchun qaratilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rlik nafaqat yurtdoshlarimiz, balki dunyo hamjamiyatini ham o‘ziga jalb etayotir. Universitet rektori sifatida mendan nimalardan va kimlardan faxrlanar edingiz, deb so‘rashsa, albatta, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarimiz va ularning yutuqlari bilan, deb javob qaytargan bo‘lardim.

 

Masʼuliyatli rahbar uchun jamoasi erishgan muvaffaqiyat har narsadan muhim sanaladi. Biroq, talaba-shogirdlarning odim marralari barchasidan o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Men jahon arenalarida  yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘targan bokschi qizimiz Nigina O‘ktamova, chempionimiz Jaxongir Zokirov, Bunyod Hayitmuhammadov, faol va iqtidorli talabalarimiz Nodir Shamsiddinov, Farzona Adilova, Muqaddas Mamarasulova, Yelena Navro‘zova kabi parvozi baland yoshlarimiz universitetimizda juda ko‘p ekanligidan faxrlanaman. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard O‘g‘lon” davlat mukofoti bilan  taqdirlash to‘g‘risida»gi qaroriga asosan talabamiz Umidjon Qodirovning “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan, shuningdek davlat rahbarining farmoni bilan “So‘g‘diyona-W” professional futbol klubining ayollar jamoasi futbolchisi,  Nafisa Nabiqulovaning  «Kelajak bunyodkori»  medali bilan taqdirlangani men kabi universitetda faoliyat yuritayotgan barcha ustozlarni ham ko‘ksini faxrga to‘ldirdi desam xato qilmagan bo‘laman.

 

Aziz yoshlar!

Siz ona Vatanimizning, elu yurtimizning mustahkam ishonchi, porloq kelajagi, ertamizning umidisiz! Shunday ekan, jamiyatimiz ravnaqining har bir jabhasida o‘z bilimingiz, zamonaviy tajribangiz bilan faol ishtirok etib, xalqimiz, Prezidentimiz ishonchini oqlashingizda zafarlar tilaymiz!

 

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Sh.S.Sharipov


Ulashish:
1 390
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ta’limda sun’iy intellekt va raqamlashtirishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman
Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika, psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti tomonidan “Ta’limda sun’iy intellekt va raqamlashtirish: zamonaviy pedagogik muammolar va yechimlar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman...
Ustozga ehtirom-avlodlarga ibrat…
Jizzax davlat pedagogika universiteti Magistratura bo‘limida «Ustozga ehtirom» shiori ostida «Yangi O‘zbekiston — yoshlar nigohida» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Ustozlarning boy hayotiy va kasbiy tajribasini...
🇺🇿🇺🇸 JDPUda AQSH elchixonasi vakili va Fulbright ETA dasturi ishtirokchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida AQSH elchixonasi vakili Regina Yulaeva hamda Fulbright ETA dasturi doirasida universitetga jalb etilgan ingliz tili o‘qituvchisi yordamchisi McClay Joseph Sommers bilan...