Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti tomonidan 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili Davlat dasturi doirasida talabalarning ota-onalari bilan tashkil etilgan Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kengash yig‘ilishini fakultet ma’naviy marifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Majidov ochib berdi va boshqarib bordi. U o‘z so‘zida  mazkur yig‘ilishni tashkil etishning maqsad va vazifalari hususida to‘xtalib,  joriy 2017-yilni yilni  Prezidentimiz tomondan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari”  yili deb nomlanishi, qolaversa ta’lim muassasi va oila hamkorligi doirasida maqsadli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning istiqbollari hususida  to‘xtalib o‘tdi va institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori F.Axmedovga  so`z berdi.

       F.Axmedov o‘z so‘zida mazkur fakultetning institutimizda alohida o‘rni borligi, institut, viloyat, qolaversa Respublika miqyosidagi tadbirlarda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari faol qatnashib kelayorgani xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek U institutimizda  yo‘lga qo‘yilgan  ota-onalar Kengashi xususida to‘xtalib, talabalarning institut ichki tartib-qoidalariga amal qilishida yuzaga kelayotgan muammolar, talabalar kiyinish madaniyati, davomati, yurish-turishi, yashash sharoitlari, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish jarayonida ota-onalar tomonidan o‘z farzandini nazorat qilishi, ularning fanlarni o‘zlashtirishdagi holati (davomat), kiyinishi,yashash-sharoitini yaqindan bilib, nazorat qilishi negizida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etishda hamkorlikdagi faoliyat juda zarur ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

         Shundan so`ng Fakultet dekani p.f.n.N. Kushvaktovga so`z navbati berildi. U o‘z so‘zida  hozirgi axborot oqimi kuchli rivojlangan,ommaviy madaniyat taxdidi kuchaygan davrda, zararli ta’sirlarning  talabalar hayotiga kirib kelmasligi, hushyorlikni saqlash, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar davomatini yaxshilash, ularning belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishini nazorat qilib borishda fakultetimizda faoliyat yuritayotgan ota-onalar Kengashining o‘rni muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek U har bir ota-ona o‘z farzandining   ta’lim-tarbiyasiga    shaxsan mas’ul ekanligi va o‘z farzandlarini nazorat qilib borish jarayonida ularning ustoz-murabbiylari bilan muloqot qilib borishlari lozimligini aytib o‘tdi.

         Respublika “Oila ilmiy-amaliy markazi” Jizzax viloyat  bo‘limi raisi  F.Sattarova  “Farzand  tarbiyasida ota-onaning burchi va mas’uliyati” mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida ota-onalarning farzand tarbiyasi borasidagi ayrim kamchiliklar xususida to‘xtalib, ota-onalarning o‘z farzandini nazorat qilish borasidagi tushunchalari faqatgina ularning qornini to‘ydirib, ustuni but qilish bilan tugallanmasligi, ularning  yurish  turishi, kiyinishi, nima ishlar bilan band bo‘layotgani, nimani o‘ylayotganini, nimani xohlayotganini bilishini unutub qo‘ymaslik kerakligi xususida tanqidiy fikrlar bildirib o‘tdi. Shuningdek U erta turmush qurishning salbiy oqibatlari hususida to‘xtalib, ajralishlarning  aksariyati aynan hali turmush hayotiga yetarlicha tayyor  bo‘lmagan yoshlarni nikoh rishtasi bilan bog‘lab qo‘yish oqibatida yuzaga kelayotganini aytib o‘tdi va qizlarning kiyinish madaniyatidagi ayrim salbiy halatlarni ham qo‘shimcha qildi.

         Kengash yig‘ilishida so‘z olgan fakultet o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.Yunusov ota – onalarni   o‘z farzandalarini ta’lim jarayonidagi ishtiroki qanday kechayotganini bilib borishi, ularning davomati qanday, ular nimalar bilan band, qanday va qayerda yashamoqda degan savollarga javob topib borish negizida ularni doima nazorat qilishni unutmaslikka chaqirdi.

Shundan so‘ng o‘qish va jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan talabalarning ota-onalariga inistitut rahbariyati va fakultet jamoasi nomidan “Tashakkur” nomalar va estalik sovg‘alar topshirildi.

Yig‘ilish yakunida fakultet talabalari tomonidan  tayyorlangan badiiy –musiqiy dastur havola etildi.

Musiqiy dasturdan so‘ng guruh rahbarlari(murabbiylar) ota-onalar bilan yana ayrim masalalar yuzasidan fikrlar almashdilar.