Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/09/2025
Chop etish
“Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari Aniq fanlar fakultetida davom etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetida an’anaga aylanib ulgurgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari qizg‘in tarzda davom etmoqda.

Navbatdagi estafeta Aniq fanlar fakulteti talaba-yoshlariga yetdi. Bugun universitet hovlisi har qachongidan gavjum — sportchi talabalarning qaynoq ruhi, ularning g‘alabaga intilishi butun muhitni jonlantirdi.

Tantanali ochilish marosimini universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari B.Qo‘shmurodov ochib berdi. U o‘z nutqida talabalarga musobaqalarda faol ishtirok etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va g‘alaba uchun mardona kurashishni tiladi.

Shuningdek, fakultet dekani J.Ergashev ham ishtirokchilarga murojaat qilib, ularni bellashuvlarda faol qatnashishga, o‘z iste’dod va mahorati bilan fakultet sharafini munosib himoya qilishga chorladi.

Shundan so‘ng sport musobaqalari start oldi. Talabalar yengil atletika, voleybol, stritbol, mini-futbol va tennis turlari bo‘yicha qizg‘in bellashuvlarga kirishib ketishdi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” nafaqat sport maydonida kuch sinash, balki yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Ulashish:
1 124
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.