Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/07/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida ijodiy imtihonlar qizg‘in davom etmoqda.

Joriy yilning 7-iyulidan boshlab Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlardan ijodiy imtihonlar qabul qilinmoqda. Imtihonlar 14-iyulga qadar belgilangan jadval asosida o‘tkaziladi.

Dastlabki imtihonlar Jizzax viloyati Yong‘in xavfsizlik xizmati boshqarmasining sport maydonida “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etildi. Ushbu yo‘nalishda abituriyentlar jismoniy tayyorgarlik darajasi, harakat koordinatsiyasi va sport ko‘rsatkichlari asosida baholandi.

Shuningdek, universitetning Madaniyat saroyi hamda sport zalida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” va “Musiqa ta’limi” yo‘nalishlariga topshirayotgan abituriyentlar uchun ham ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Bu yo‘nalishlar bo‘yicha iste’dod, musiqiy savodxonlik, tasviriy ifoda, estetik did va texnik mahorat kabi jihatlar asosida baholash ishlari olib borildi.

Abituriyentlar bilan bir qatorda, ularning ota-onalari ham bu jarayonlarni qiziqish va hayajon bilan kuzatmoqda. Universitet hududida maxsus tashkil etilgan monitorlar va ekranlar orqali imtihon jarayonlari ochiq ravishda namoyish etilmoqda. Bu esa shaffoflikni ta’minlash, ishonch va yuksak mas’uliyat muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Ijodiy imtihonlar universitet qabul komissiyasi nazorati ostida, adolatli va belgilangan talablar asosida o‘tkazilmoqda. Abituriyentlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan, pedagog va mutaxassislardan iborat baholovchilar esa xolisona va professional yondashuvni namoyon etmoqdalar.

Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi imtihonlarda qatnashayotgan barcha yoshlarga omad tilab qoladi. Ularning mehnat va intilishlari samarali natija berishini, talaba nomi barchalariga nasib etishini yurakdan istaymiz.


Ulashish:
2 104
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Future-Ready Curriculum: A Global Transformative Approach” loyihasi doirasida kelajak ta’limi mazmuni muhokama qilindi
Malayziyada malaka oshirib qaytgan Namoz Karimov malakani oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.
Malayziya tajribasi asosida mahorat darslari tashkil etildi
Malayziyada malaka oshirib qaytgan JDPU o‘qituvchisi, mentor Kenjayeva Sanobar Ibragimovna Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.
JDPUda “Talabalar bahori – 2026” festivali galakonserti va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talabalar bahori – 2026” festivali doirasida galakonsert hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.