“Talabalik Oltin davrim “
Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.
Jizzax davlat pedagogika institutida 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni keng nishonlandi. Tadbirni ochib bergan oliygoh murabbiylar kengashi raisi Asqar Qayumov talabalarni bayram bilan tabriklar ekan, jumladan shunday dedi: Men iqtidorli, aqlli va o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan talabalar ta’lim olayotgan Jizzax davlat pedagogika institutida ishlayotganimdan faxrlaman. Sizlarga tanlagan sohangiz bo‘yicha eng yaxshi mutaxassis bo‘lishingizni hamda yaxshi pedagog bo‘lib el farzandiga ilm berishingizni O‘zbekistondek mamlakatni rivojlanishiga o‘z hissangizni qo‘shishingizni tilayman! Bayramingiz muborak bo‘lsin!”
Shundan so‘ng, mazkur sana munosabati bilan tadbirga tashrif buyurgan bir qator mehmonlarga so‘z berildi. Qayd etish joizki, uchrashuv iliq munosabatda o‘tdi. Eng avval talabalar o‘zlari tayyorlagan taqdimotni namoyish etishdi. Tadbir davomida tashkilotchilar “Yil talabasi va yoshlar vatan hizmatida rostgo‘ylik va qonunlarni hurmat qilish tarafdori “ mavzusida o‘tgan tanlovlarnin g g‘olib talabalarini taqdirlashdi.
Mana shunday muhtasham binoda, oliygohda ta’lim olayotgan yigit-qizlarga qarab turib havasingiz keladi. Ta’kidlash joiz, ular hukumatimiz tomonidan yaratilgan bunday imkoniyatdan unumli foydalanib, ishonchni oqlashlari lozim. Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasi barcha talaba yigi –qizlarni “ Halqaro talabalar kuni ” bilan muborakbod etadi.
Talabalar kuniga bag‘ishlangan tadbiriga institut badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yakun yasadi.Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati