Ustoz qadri buyuk muallim
Ustoz qadri buyuk muallim
|
02/11/2024
Chop etish
Bugun to‘g‘ri ishla, kelajak sendan rozi bo‘lsin.
Ergashev Jamshid Baxtiyorovich, dotsent, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Hayotiy tamoyili: Bugun to‘g‘ri ishla, kelajak sendan rozi bo‘lsin.
JDPU haqida: “Tinimsiz rivojlanayotgan zamonda izlanishdan to‘xtash eng katta xato”.

Davlatimiz rahbari “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da belgilab qo‘yilgan 9-maqsadga JDPU aynan unga mos holda o‘z faoliyatini olib boryapti. Pedagog-xodimlar va talabalar o‘quv jarayonidagi ortiqcha qog‘ozbozlik va ovoragarchiliklarni kamaytirishda aksariyat bo‘limlar faoliyati raqamlashtirilgan bo‘lib, o‘z navbatida bu raqamlashtirilgan platformani faollashtirishda JDPU dagi barcha universitet rektori boshchiligida birgalikda hamohang faoliyat olib borishi tahsinga sazovor. Bunday jarayon ayniqsa tezkor axborot almashinuvi, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida masofaviy ta’limning amalga oshishi, mustaqil ta’limning sifatli bajarilishi, talabalarning har xil Startap va dasturlashga oid tanlovlardagi faolligini oshishiga ham sabab bo‘lmoqda. Yuqoridagi jarayonni tashkil etish esa o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. JDPU da bu borada moddiy-texnik bazani zamonaviy jihozlarga boyitilib borishi jarayonni tez va sifatli ta’minlashga vaqtida ulgurishga ham erishyapti. Jumladan, ma’ruza auditoriyalarining barchasi smart panellar va smart minbarlar bilan, barcha fakultetlarga oxirgi rusumli monobloklar bilan, kirish-chiqishdagi Face ID apparaturalari bilan, barcha hududlarning to‘liq ovozli video kuzatuv kameralari va Wi-fi apparatlari bilan ta’minlanganligi va hokazo texnik jihozlarni sanab o‘tsak mubolag‘a bo‘lmaydi.


Ulashish:
1 011
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish hamda psixotrop moddalarning...
G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga...
JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.