Ustoz qadri buyuk muallim
Ustoz qadri buyuk muallim
|
30/10/2024
Chop etish
JDPU – maʼrifat, ilm va raqamli taʼlimni rivojlantiruvchi nufuzli oliygoh.
Jumanazarov Umurzoq Аbdurazzoqovich – filologiya fanlari doktori, professor.

Ilm-fan sohasida Respublika yoshlar ittifoqi (sobiq Lenin komsoli) mukofotining sovrindori, Oʼzbekiston Respublikasi “Xalq taʼlimi” aʼlochisi, ikkinchi darajali “Sogʼlom avlod” ordeni sohibi, Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi filologiya fanlari boʼyicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi.

Hayotiy tamoyili: “Ilm oʼrganish va ularni millatning oʼziga qaytarish”.
JDPU haqida: JDPU – maʼrifat, ilm va raqamli taʼlimni rivojlantiruvchi nufuzli oliygoh.

Hozirgi kunda universitetimizda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining taʼlim tizimiga tadbiq etilishi bir qator maqsadli vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilayapti. Xususan, ilm-fan sohalarini mukammal axborotlashtirishga, oʼquv jarayonlarini sifat jihatidan intellektualashtirishga, integratsiya jarayonlarini yanada chuqurlashtirishga, taʼlim tizimini boshqarish mexanizmlari va ularning intratuzilmasini takomillashtirishga olib kelayapti. Bir soʼz bilan aytganda, universitetda taʼlimni raqamlashtirish muhiti yaratilganligi, jahon andozalariga mos raqamli taʼlim bosqichini jadallashtirishga imkoniyat ochib berayotganligi diqqatga molik.

Taʼlimni raqamlashtirish muhitida elektron va mobilь qurilmalar (FAQ Folrum Link, Chart, Q/A, Perlev, SWOT, intenview, dayjest, Peport), shuningdek, mualliflik dasturiy mahsulotlari, virtual oʼquv muhitini boshqarish tizimlari (LMS), ichki kontent boshqaruv tizimlari (CMS), bulutli texnologiyalar, oʼyin (geymikafikatsiya)lar, ommaviy ochiq onlayn kurslar (MOOC)dan samarali foydalanish koʼp ming sonli talabalarimizning oʼz sohalari boʼyicha bilimlarini oshirishga va pedagogik kompetentligini rivojlantirishga asos boʼlmoqda.

Universitetimiz huzuridagi PhD.03/04.06.2020.Fil.l13.02 raqamli ilmiy kengashda 10.00.01-oʼzbek tili, 10.00.02-oʼzbek adabiyoti ixtisosliklari boʼyicha dissertatsiyalar himoya qilinayotganligi jamoamizning ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Xususan, soʼnggi uch yilda 56 ta tadqiqotchining himoyasi oʼtkazildi. Shulardan 30 nafari universitetimiz tadqiqotchilari sanaladi. Joriy yilning oʼzidayoq shu paytgacha 8 ta PhD dissertatsiya ishi himoya qilishiga erishildi, shundan 5 nafari JDPU tadqiqotchilari hisoblanadi.


Ulashish:
1 166
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish hamda psixotrop moddalarning...
G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga...
JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.