Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/11/2023
Chop etish
JDPUda “Ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirishning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyani universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha proretkor G‘.Qodirov ochib berdi. U o‘z so‘zida  bugun yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotgani xususida to‘xtaldi.

Shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjudligini ta’kidladi.

Ayni paytda o‘tkazilayotgan anjuman ham ana shunday dolzarb masalalarni o‘zi ichiga olganligini belgilab o‘tdi. Respublikamizning turli viloyatlaridan taklif etilgan soha mutaxasiislari olimlar ham o‘z ma’ruzalarida Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisining kasbiy kompetensiyasini shakllantirish, sohada qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalarning o‘rni, Talaba yoshlarni sog‘lomlashtirish va sportga jalb qilish, milliy sport turlarini o‘qitishning dolzarb masalalari xususida so‘z yuritishdi.

Anjumaning ikinchi qismi 5 ta shubaga bo‘lingan holda davom etdi. Ilmiy amaliy anjuman so‘ngida mehmonlar Jismoniy madaniyat fakultetida amalga oshirilgan ishlar, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.


Ulashish:
908
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.