Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/11/2023
Chop etish
JDPUda Xalqaro psixologlar kuni nishonlandi.

1994 yil 22 noyabr kuni Moskvada psixologlar jamiyati tomonidan tashkil etilgan “Psixologlar kuni”,  2000 yildan boshlab Psixologlar kuni sifatida xalqaro miqyosda nishonlanib kelinadi. Pedagogika va psixologiya fakulteti Umumiy psixologiya kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbir, ana shu kun munosabati bilan o‘tkazildi.

Tadbirni universitet yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S. Nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida o‘zgalar uchun, u xoh tanish bo‘lsin, xoh notanish, xoh umrida birinchi bor ko‘rayotgan insonlar uchun, ularning kelajagi uchun astoydil jon kuydiradigan, o‘ksik ko‘ngillarga, yaralangan qalblarga malham bo‘lish uchun borini-da berishga tayyor fidoyi bo‘lgan qalb sohiblarini bugungi kun bilan tabrikladi.

Bugun yurtimizda 25 mingga yaqin psixolog faoliyat yuritadi.  Umumiy psixologiya kafedrasida esa 25 nafar psixolog faoliyat olib bormoqda. Ayni paytda Umumiy psixologiya kafedrasi qoshida psixologik xizmat va psixodiagnostik markaz joriy 2023 yildan buyon faoliyat olib bormoqda

Ba’zan insonlar o‘z yaqinlaridan topmagan mehr- muhabbatni, saxiy qalbni, odamiylikni, samimiylikni, fidoyilikni Psixolog – qutbshunosdan topadi. Tadbir davomida talaba yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan ko‘rinishlar va o‘yin tariqasida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar “orzular doskasi”, “toj kiydirish” mashg‘ulotlari nafaqat talaba yoshlarda, balki ustozlarda uchun ham qiziqish uyg‘otdi.


Ulashish:
1 211
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.