Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/11/2023
Chop etish
“Yashil makon”,  yashillik yaratishda faol bo‘laylik.

Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti  talabalari ishchi xodimlar o‘quv binolari atrofi va bo‘sh yer maydonlariga «Yashil makon» tashkil etish uchun manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarini davom ettirishmoqda. Bunda har bir talab, ishchi xodimlari o‘z hissalarini qo‘shmoqda

Loyiha doirasidagi o‘tkazilayotgan daraxt ekish aksiyasi esa kelajakda vohamiz ekologiyasini tozalash, atrof-muhitni sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi. Ayni paytda universitetning Sirtqi bo‘lim hududida yerga nihol qadash ishlari davom etmoqda. Bugun hasharga chiqqan 300 dan ziyod talaba yoshlar 1500 dona ko‘chat ekishni niyat qilishgan.

Kuzgi mavsum davomida universitet hududida 20 turdagi 15 ming tup manzarali va mevali daraxt va buta ko‘chatlari hamda qalamchalarni ekish belgilangan.


Ulashish:
1 045
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.