Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/08/2023
Chop etish
JDPUda ikkinchi mutaxassislikka imtihonlar boshlandi.

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetining madaniyat saroyida oliy maʼlumotli, bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi oliy taʼlimni olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun imtihonlar boshlandi. Imtihon avvalida universitet rektori Sh.Sharipov va talabgorlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida universitet rektori abituriyentlarga diplom uchun emas, bilim uchun o‘qish lozimligini. Diplom uchun o‘qiydigan talaba bo‘lgan joyda esa har qanday kuchli o‘qitish metodi ham samara bermasligini, bilimni majburan insonning ongiga singdirib bo‘lmasligini taʼkidladi.

Taʼkidlash joiz, joriy yilda o‘qish istagida bo‘lgan 917 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bugungi Boshlang‘ich taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan imtihonlarda esa 460 nafar abituriyent ishtirok etmoqda


Ulashish:
3 547
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.