Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/08/2023
Chop etish
JDPU taʼlim va ilmiy-innovasion faoliyatni yangi andozalar asosida olib bormoqda. 

JDPU professor-o’qituvchilari AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Koreya, Rossiya kabi davlatlarning yetakchi oliygohlarida tahsil olishmoqda. Hususan JDPU o‘qituvchisi Javohirmirzo Isomiddinov dunyoning yuqori reytinglarida turuvchi xorijning yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri bo‘lgan Rossiya Federatsiyasining Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Top-100) kimyo fakulteti: organik kimyo mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha aspirantura bosqichida hamda universitetning rus tili va adabiyoti fakulteti talabasi Shodiyona Omonboyeva Sankt-Peterburg davlat universiteti (Top-300), xorijiy tillar fakulteti talabsi Aziza Axmedova Vengriya davlatining Budapest Business School – University of Applied Sciences universiteti hamda fizika va texnologik taʼlim fakulteti talabasi Navruz Pulatov Korea davlatining Busan university of foreign studies (Top-1000) universitetlarida magistratura bosqichida tahsil olish uchun grant sohibi bo‘lishdi.

Ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz!


Ulashish:
1 307
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.