Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Buyuk  mutafakkirlarining ilmiy merosida oila, ota-ona va bola munosabatlarining   talqini

 Munarova Ra’no O‘sarovna JDPI “Pedagogika  nazariyasi  va tarixi” yo‘nalishi 1 – kurs magistranti Shodieva Nazokat Interpretatsiya semeyno-roditelskix i detskix otnosheniy v nauchnom nasledii velikix mыsliteley Kalit so‘zlar: tarbiya, ta’lim, ilm, oila, qadriyat, urf-odatlar, bola shaxsi, munosabat, milliy  stereotip, qarashlar, bola xulqi. Annotatsiya Ushbu maqolada oilada ota-ona va bolaning o‘zaro munosabatlari xaqida so‘z boradi. Maqolada bola tarbiyasida mutafakkirlarning  fikrlari keltirilgan. Annotatsiya V dannoy state rassmatrivayutsya otnosheniya mejdu roditelem i rebenkom v seme. V state predstavlenы vzglyadы mыsliteley na vospitanie detey. Klyuchevыe slova: vospitanie, obrazovanie, nauka, semya, sennosti, obыchai, lichnost rebenka, otnoshenie, natsionalnыe stereotipы, vzglyadы, povedenie rebenka. AnnotationThis article discusses the relationship between parent and child in the family. The article presents the views of thinkers on the upbringing of children.Keywords: upbringing, education, science, family, values, customs, child’s personality, attitude, national stereotypes, views, child’s behavior.   Buyuk  Sharq allomalarining ilmiy merosida oila, ota-ona va bola munosabatlari hamda bu  munosabatlarning  bola  shaxsi  shakllanishiga  ta’sir  etish  muammosi muhim  o‘rin  egallagan.  Buyuk  allomalarimizning  bebaho  asarlarida  bayon etilgan  ota-ona  va  bola  munosabati  borasidagi  qarashlariga  alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Oiladagi tarbiya, ota-ona va bolaning o‘zaro munosabatidagi o‘ziga xoslik  avloddan  avlodga  o‘tib  kelayotgan  qadriyatlar  va  urf-odatlar, shuningdek,  milliy  stereotiplarga  bog‘liq  bo‘ladi.  Shuni  aytib  o‘tish joizki,  yuqoridagi  fikrlarimizning  isbotini  ko‘plab  psixologik, pedagogik  asarlarda  ko‘rishimiz  mumkin.
  1. Inamova o‘z tadqiqot ishlarida jahon ilmu fanining yirik namoyondasi, «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv» nomli asarlar muallifi  Abu  Nasr  Forobiyning  pedagogik  va psixologik  qarashlarini  tahlil  qilar  ekan, “ijtimoiy  va  biologik tomonlar o‘zaro munosabatining birligi degan qoida”ning mavjudligini ta’kidlab o‘tgan.
Forobiyning  mazkur  qoidasiga  muvofiq  bolaning  psixik rivojlanishida  ota-onaning  ruhan  va  jicmonan  sog‘lomligi  ta’siriga bevosita biologik omil nuqtai nazaridan qarasak, ularning oiladagi bolaga bo‘lgan munosabat xarakteri hamda atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatini bolaning  ijtimoiylashuviga,  hamkorlik  aloqalari  tendensiyasining rivojlanishiga, maqsadli faoliyatga kirishishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy omil sifatida ko‘rishimiz mumkin. Uning mazkur qarashlarida ota-onaning funksiyalariga  e’tibor  qaratish  lozimligi  masalasi  ochib  berilgan. Abu Nasr Forobiyning  pedagogik  va  psixologik  ilmiy  qarashlari  oilada  bola shaxsining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. O‘lmas  ilmiy  asarlar  muallifi  Abu  Rayhon  Beruniy  o‘zining «Qadimgi ajdodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «E’tiqodlar va dinlar haqida», «Mineralogiya» asarlarida ota-onaning bolaga munosabati va uning ta’lim-tarbiyasidagi ahamiyati haqida bir qancha muhim fikrlarni qayd etgan. “Beruniy ota-onalarga qarata bola xulqini mo‘tadillikda saqlashni tavsiya  etadi.  Bunga  asosan  bolani  qattiq  g‘azablanishdan,  qo‘rqish  vaxafalikdan  saqlash  orqali  erishilishini  aytib,  ular  xohlagan  hamdafoydali  narsani  topib  berishga,  sevmagan  narsasidan  uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligi uqtiriladi. Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha  xulqlarni  keltirib  chiqaradi.  Yaxshi  xulqlarning  paydo  bo‘lishi bola ruhiyatiga ta’sir qilibgina qolmasdan, uning fiziologik o‘sishiga ham yordam beradi. Yomon xulq esa turli mijoz buzilishiga ham olib keladi. Aksincha,  bola  organizmidagi  o‘zgarishlar  uning  ruhiyatidagi,  xatti-harakatidagi  o‘zgarishlarni  keltirib  chiqaradi.  Ulug‘  alloma  bola  xulq-atvorining  mo‘tadilligi  natijasida  tan  va  ruh  sog‘lomligining  kelib chiqishini ilmiy asoslab beradi». Abu Rayhon Beruniyning  yuqorida  bayon  etilgan  ilmiy  asoslarida  ota-onalarning  bolaga  e’tiborli  bo‘lishlari  yoki  uning  ehtiyojlari qondirilishi  zarurligi,  bolaga  bo‘lgan  munosabatdagi  qattiq talabchanlikning  salbiy  ta’siri,  ota-ona  esa  bolani  qanday  bo‘lsa, shundayligicha qabul qilishi, bolaning shaxsiga hurmat bilan qarab, uni yaxshi ko‘rishi, ko‘proq vaqtini bola bilan birga o‘tkazishga harakat qilishi, uning qiziqishlari va rejalarini qo‘llab-quvvatlashi zarurligi e’tirof etiladi.  Aks  holda,  bolada  xavotirlanish,  jizzakilik,  tushkunlik holatlarining  paydo  bo‘lishiga  va  bu  esa  o‘z-o‘zidan  undagi  bilish jarayonlarining  rivojlanishiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishi,  psixik  hamda jismoniy  rivojlanishdan  orqada  qolishga  sabab  bo‘lib,  uning  shaxsi to‘laqonli shakllanishiga salbiy ta’sir etishi ta’kidlanadi. Uning mazkur fikrlari bugungi kunga qadar o‘z ahamiyatini ko‘rsatmoqda. Sharqda«Shayx ar-rays» nomi bilan mashhur bo‘lgan buyuk olim Abu Ali Ibn Sinoning«Tib qonunlari» va«Amaliy hikmat» asarlarida oila, ota-ona  hamda  bola  munosabatlariga  oid  qarashlari  bayon  etilgan, allomaning ilmiy qarashlaridagi o‘ziga xoslik shundaki, u o‘z asarlarida ota-ona  bolaning  jismoniy  salomatligiga  alohida  e’tibor  berishi lozimligini ilmiy asoslab bergan. Ibn Sino bolani havosi o‘rta darajada, issiq  va  sovuq  bo‘lmagan  uyda  uxlatishni,  bola  uxlatiladigan  uy  soya  va qorong‘u bo‘lmog‘i kerakki, bu uyga quyoshning nuri tushmasligi, bola o‘rinda yotganda  uning  boshi  tanasining  boshqa  bo‘laklaridan  yuqorida  turishi, bolaning yotar o‘rni bo‘yni, qo‘l-oyoqlarini va umurtqa ustunini qiyshaytirib qo‘yishidan  saqlash  lozimligini  ta’kidlaydi.[1]. U ota-ona har bir bolaning jismoniy salomatligiga alohida e’tiborli bo‘lishi lozimligini  ta’kidlarkan, ota-onaning bolaga bo‘lgan munosabatidagi mas’uliyatlilik, javobgarlik  hissiga  alohida  urg‘u  beradi.  Ota-onaning bola shaxsini hurmat  qilishi,  nihol  misol  bolani  qo‘pol  so‘zlarsiz  parvarishlash lozimligi, haddan ziyod hayajonlantirish ruhiy nosog‘lomlikka olib kelishi,  ota-onaning  vazifasi  va  xarakter  xususiyatlari,  ayniqsa,  onaning munosabatlari  qanday  ko‘rinishga  ega  bo‘lishi  zarurligi,  oiladagi psixologik muhit ta’siriga e’tiborni qaratadi.  Abu  Ali  ibn  Sino“Tib  qonunlari”  asarida  yozishicha:  «Tarbiyachining diqqati bola xarakterini yaxshilashga, bolaga qattiq g‘azab,  qo‘rquv,  munosabatdagi  og‘ir  tabiatlilik  begona  bo‘lishiga,  bola  nimani xohlashi  va  nimaga  intilishi  ko‘rinib  turishiga  hamda  uni  oldida  unga yoqmaydigan narsani qilmaslikka qaratilishi zarur. Buning yordamida ikki yoqlama  foydaga  erishiladi:  birinchidan– bolada  uning  ilk  bolalik davridan boshlab, kuchli ijobiy xarakter shakllanadi; ikkinchidan, bunday rivojlanish bolaning jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Axir g‘azab kuchli qo‘zg‘atuvchi bo‘lib, og‘ir tabiatlilik holdan toydiradi, dangasalik esa hayotiy kuchlarni qisqartiradi.  XI asrda yashab, ijod etgan zabardast adib Yusuf Xos Hojib o‘zining «Qutadg‘u  bilig» nomli  didaktik  asarida  ota-ona  hamda  bolaning  o‘zaro munosabati  borasidagi  fikrlarini  psixologik  va  pedagogik  jihatdan yoritib bergan.[4] “Ota  o‘z  farzandini  tergab  tarbiyalasa,  uning  fe’l  yo‘rig‘i  yaxshi bo‘ladi,  ota  va  onaning  yuzi  yorug‘  bo‘ladi.” “Ota  farzandini  bilimli  va idrokli qilib tarbiyalamoqchi bo‘lsa, uni doimo tergab tarbiyalashi kerak,  buning  tadbiri  mana  shu.  Ota  farzandini  kichikligidan  nobakor  qilib qo‘ysa, farzandda gunoh yo‘q, barcha ayb otaning o‘zidadir. Ota farzandini o‘rgatib, tergab tarbiyalasa, ular ulg‘aygach, o‘g‘lim-qizim deb sevinsa arziydi.  Agar nazorat qiluvchi farzand bo‘lmasa, bunday farzand yaramas va nobakor bo‘ladi. Bunday farzanddan umidingni uzaver»[3]. Yuqoridagi  fikrlarda  asosiy  e’tibor  bolaning  jismoniy,  emotsional,  intellektual  rivojlanishi  uchun  zarur  bo‘lgan  ehtiyojlarini yetarli  darajada  va  sifatli  ta’minlash  kabi  ota-onaning  har  tomonlama yordamiga  qaratiladi.  Ota-ona  farzandining  intizomli  bo‘lishi  xulq-atvoridagi buzilishning oldini olishga, shuningdek, uning yutuqlari bilan qiziqishi  o‘z-o‘zini  to‘g‘ri  anglashga  asos  bo‘ladi,  deb  hisoblaydi. Mas’uliyatni  otaning  zimmasiga  yuklaydi.  Bunda ota-onaning vakolatliligi: birinchidan, bolaning yosh va individual xususiyatlariga oid umumiy  ma’lumotlardan  xabardor  bo‘lishini;  ikkinchidan,  bolani  turli vaziyatda tushunish, bolaning tuyg‘ularini his eta olish, hamdardlik bildira olish; uchinchidan,  xulq-atvor  komponenti  bilan  bog‘liq  ota-onaning  bola bilan o‘zaro ta’sirga savodli kirisha olishi zarurligini va uning samarasi haqidagi qarashlarni ilgari suradi. Oilada ota-onaning bolaga bo‘lgan munosabati haqidagi psixologik qarashlar ulug‘ alloma Ahmad Donish merosida ham muhim o‘rinni egallaydi. Ahmad Donish bola shaxsining rivojlanishidagi asosiy omillardan biri – bola bilan ota-ona o‘rtasidagi muomala madaniyati, deb hisoblaydi.  Yuqorida sanab o‘tilgan ulug‘ allomalarning bola o‘ziga bo‘lgan muomalada g‘amxo‘rlikni,  mehr-muhabbatni  his  etib  turishi  lozimligi  haqidagi fikriga qo‘shilgan holda, bolaga uning yosh xususiyatlariga yarasha muomala qilish,  ota-ona  bola  bilan  muomalada  ehtiyotkorlik  bilan  munosabatda bo‘lishi zarurligi to‘g‘risidagi fikrlarni olg‘a suradi. Shayx Muslixiddin Sa’diy Sheroziy buyuk shoir, donishmand adib sifatida  dunyoga  mashhur  bo‘lgan.  Uning«Guliston» va«Bo‘ston» nomli pandnoma asarida o‘z shaxsiy hayotiy tajribalari umumlashtirib, qimmatli fikrlar bildirilgan. Sa’diy  ota-onaning  bolaga  munosabati  muammosiga  ota-onaning oilada xushmuomala bo‘lishiga, shuningdek, farzandlarning kelajagi uchun g‘amxo‘rlik  qilishlari  bolani  haddan  ziyod  erkalatmaslik  lozimligini uqtiradi.  U  oilada  ota-onalarning  bolani  erkalatishining  oqibati nimalarga olib kelishi haqida shunday yozadi: «Ota-onasi erkalatsa nuqul Juda ko‘p qiyinchilikni ko‘rgay o‘g‘il Aql o‘rgat-u, to‘g‘rilik, poklik, Sevib erkalatma, qil idroklik»[2]. Adib  ota-ona  munosabatida  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  bolaning shaxsiy va ijtimoiy norasoligi yoki o‘zining real yoshiga nisbatan kichik deb erkalatishga,  haddan  ziyod  g‘amxo‘rlikka,  achinish,  hayotning qiyinchiliklaridan  chegaralash  hamda  qat’iy  nazorat  qilish  kabi munosabatlarga  tanqidiy  qaraydi.  Chunki  bunday  munosabat  bolaning qiziqishlari,  havaslari,  o‘y-xayoli,  tuyg‘ularida  buzilishga,  shuningdek,  muvaffaqiyatsiz  muammolarga  duch  kelishiga  sabab  bo‘ladi.  Ota-onalar bolalarini  boladek  emas,  balki  o‘z  majburiyatlariga  ega,  faoliyati natijasiga  ko‘ra  hurmatga  sazovor  bo‘lgan  shaxs  sifatida  munosabatda bo‘lishlari zarurligi haqida fikr yuritadi. Xulosa  qilib  aytganda,  buyuk  Sharq  allomalarining  pedagogik  va psixologik qarashlarida ota-onaning bolaga bo‘lgan munosabatiga alohida e’tibor  qaratilgan. Yuqoridagi allomalarning fikrlaridan ko‘rinib turibdiki, bolalarning  bilish  imkoniyatlari,  ular  hayot  faoliyatidagi  umumiy muvaffaqiyatlariga,  konstruktiv  ruhiy-asab  holati  va  emotsional xotirjamlik  kabi  xususiyatlarning  poydevori  bo‘lib  xizmat  qiladi. Shunday qilib, ota-onaning  munosabati  xususiyati  bola  shaxsi rivojlanishining asosini tashkil etadi. Adabiyotlar
  1. Abu Ali Ibn Sino. Tib qonunlari. 3 jildlik saylanma. Toshkent: Fan, 1992.- 453 b
  2. Shayx Sa’diy Sheroziy. Guliston. Toshkent: Abdulla Qodiriy nomli  xalq merosi nashriyoti, 1993. – 247 b.
  3. Xayrullaev M.M. Uyg‘onish davri va Sharq mutafakirlari. Toshkent: O‘zbekiston, 1971. – 310 b.
  4. Yusuf Xos Xojib. Qutadg‘u bilig. Toshkent: Fan, 1971 y. 964 b.
 
  1. Hikmatillaev H., Mansurov A. Axloq-odobga oid hadis namunalari. Toshkent.: Fan, 1990, 168 b.