Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/05/2018
Chop etish
Eng namunali va ibratli oila

Eng namunali va ibratli oila

2018-yil 14-may kuni jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimligining majlislar zalida 15-may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan A. Qodiriy nomidagi JDPI ma’naviy-ma’rifiy bo’limi, xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti hamda Jizzax tumani barcha mahallalari hamkorligida “Eng namunali va ibratli oila” ko’rik tanlovi o’tkazildi.

Ko’rik tanlovda Sharof Rashidov tumani hokim o’rinbosari E. Meliyeva, Sharof  Rashidov tumani “Oila” ilmiy-amaliy markaz rahbari D. Saidova, Sharof Rashidov tumaniga qarashli barcha mahalla faollari,  F. Qo’shnazarov, D. Ochilov, Z. Abduvaliyeva Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi 30 nafarga yaqin talabalar ishtirok etdi.

Ko’rik tanlovda Sharof Rashidov tumani, “Eski Toshkentlik” mahallasi, Qassoblik ko’cha 28-uyda yashovchi Abdulhamid Abduvaliyevlar oilasi o’z ijodiy ishlari, oilaviy faoliyati, mahalladagi obodonlashtirish, yoshlar tarbiyasi, oilalardagi kitobxonlik madaniyati, har bir oiladagi tomorqalarning obodonlashtirish ishlari, farzandlar tarbiyasi va yoshlar tarbiyasida ota-onaning burch va vazifalari to’g’risidagi ko’rgazmalari, o’tkazilgan tadbir va davra suhbatlaridan namunalari bilan ishtirok etib, tanlovning “Ziyoli oila” naminatsiyasini qo’lga kiritdi. Ular tadbir homiylari tomonidan diplomlar va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandilar.


Ulashish:
1 551
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.
JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...