Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/05/2023
Chop etish
Ilmga baxshida umr

Ustozlik – buyuk maqomdir. Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug‘” degan hikmat bejiz aytilmaydi. Ustozlar jamiyat binosining me’morlari, ma’rifat bog‘ining bo‘stonlaridir. Ular hayot bo‘stonidagi niholning baquvvat daraxtga aylanishi uchun mehr bilan mehnat qiladi.

Hamidulla Meliyev biz uchun ana shunday ilm osmonida yorqin ziyo taratib turgan yo‘lchi yulduzdir desak xato qilmagan bo‘lamiz. Ustozning to‘g‘ri tarbiyasi bergan ta’limi ortidan ko‘plab shogirdlari  xayotda to‘g‘ri yo‘lni topdi.

Kuni kecha universitetning madaniyat saroyida “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi professori, pedagogika fanlari nomzodi Meliyev Xamidulla Abdullayevichning 70 yilligiga bag’ishlangan “Yangi O’zbekistonda maktabgacha ta’lim: kecha, bugun, ertaga” mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘. Qodirov ochib berdi. U o‘z so‘zida H.Meliyevning bosib o‘tgan yo‘llari, sermahsul ilmiy-ijodiy faoliyati haqida so‘z yuritdi. Kechaga tashrif buyurganlar ustozning talabchanligi, yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida vijdonan ijro etish qobiliyatiga ega olim ekanligini faxr bilan e’tirof etishdi. Bugun ustozni Jizzaxda xususan ta’lim tizimida mehnat qilayotgan xodimlar orasida tanimagan  odam bo‘lmasa kerak

Yuksak madaniyatiga ega, universitetda yosh o‘qituvchilariga hamisha o‘rnak bo‘layotgan. Jamoat ishlarida ham faol  ustozga 70 yosh muborak bo‘lsin deymiz.


Ulashish:
1 296
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.