Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

BADIIY ADABIYOTDA BOLALARGA XOS IFODALARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Sharifov Jaxongir Galiyevich Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi +99899 556-88-61 e-mail. jaxongir1982@gmail.com   Annatatsiya. Maqolada badiiy adabiyotda bolalarga xos ifodalarning pragmatik xususiyatlari va unga xos sifatlar ma’no xususiyatlari ochib berilgan; badiiy adabiyotda bolalarga xos ifodalarning pragmatik xususiyatlarining ma’no xususiyatlari birlamchi manbalarga tayanilib tahlil qilingan. Kalit soʻzlar: ta’lim, tarbiya, badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti, progmalingvistika, milliy ta’lim tizimi, lingivistika, nutq, tilshunoslik, pragmatika, suhbat,  ishtirokchilar, pedagoglar. PRAGMATIC CHARACTERISTICS OF EXPRESSIONS SPECIFIC TO CHILDREN IN FICTION LITERATURE Annotation. The article reveals the pragmatic features of children’s expressions in fiction and the meaning features of its characteristic adjectives; the semantic features of the pragmatic features of children’s expressions in fiction are analyzed based on primary sources. Key words. Education, upbringing, fiction, children’s literature, program linguistics, national education system, linguistics, speech, linguistics, pragmatics, conversation, participants, pedagogues. KIRISH (ВВЕДЕНИЕ / INTRODUCTION). Tadqiqotda bugungi o‘zbek milliy ta’lim tizimining yangi bosqichga o‘tayotganligi, bu bilan bog‘liq muammolar yuzaga chiqayotganligi olimlarimiz tomonidan e’tirof etilmoqda. Shu boisdan davlat tilimiz bilan bog‘liq progmalingvistik holatlarni ham o‘rganish dolzarb bo‘lib qolmoqda.  Pragmatika (yun. pragma, pragmatos – ish, harakat) – semiotika va tilshunoslikning nutqda til belgilarining amal qilishini o‘rganuvchi sohasi; boshqacha aytganda, muayyan belgilar tizimini o‘zlashtirib, undan foydalanuvchi sub’ektlarning ayni shu belgilar tizimiga munosabatini o‘rganuvchi fan tarmog‘i. Pragmatika haqidagi asosiy g‘oya amerikalik olim Ch.Pirs tomonidan o‘rtaga tashlangan; yana bir amerikalik olim Ch.Morris ushbu g‘oyani rivojlantirgan va «Pragmatika» terminini semiotika bo‘limlaridan birining nomi sifatida amaliyotga kiritgan. [1, 13] Pragmatika insonning ijtimoiy faoliyatini o‘zida qamrab oluvchi nutq jarayoni, muayyan aloqa vaziyati orqali namoyon bo‘ladi. Lingvistik pragmatika aniq shakl, tashqi ko‘rinishga ega emas; uning doirasiga so‘zlovchi sub’ekt, adresat, ularning aloqa-aralashuvdagi o‘zaro munosabatlari, aloqa-aralashuv vaziyati bilan bog‘liq ko‘plab masalalar kiradi. Masalan, nutq sub’ekti bilan bog‘liq holda quyidagi masalalar o‘rganiladi:
  • bayonning oshkora va yashirin maqsadlari (biron-bir axborotyoki fikrni yetkazish, so‘roq, buyruq, iltimos, maslahat, va’da berish, uzr so‘rash, tabriklash, shikoyat va boshqa.);
  • nutq taktikasi hamda nutq odobi turlari;
  • suhbat, so‘zlashish qoidalari;
  • so‘zlovchining maqsadi;
  • so‘zlovchi tomonidan adresatning umumiy bilimjamg‘armasi, dunyoqarashi, qiziqishlari va b. xislatlariga baho berilishi;
  • so‘zlovchining o‘zi bayonqilayotgan xabarga munosabati kabilar.
Pragmatikada nutq adresati, o‘zaro aloqaga kiruvchilarning munosabatlari, muayyan aloka vaziyati singari omillar bilan bog‘liq qolda qam ko‘plab masalalar o‘rganiladi. Pragmatika g‘oyalari evristik (yo‘naltiruvchi) dasturlash, mashina tarjimasi, informatsion-qidiruv tizimlari va boshqalarni ishlab chiqishda qo‘llanadi. Shundan kelib chiqib tadqiqot ishida 40-80 yillar o‘zbek milliy tilshunosligining ana shu vakili ilmiy merosi haqida imkon doirasida to‘liq ma’lumot berishga harakat qilamiz, jiddiy ilmiy qarashlariga, ularga nisbatan bildirilgan mulohazalarga mustaqillik davri ruhi bilan munosabat bildiramiz, tahlilga tortamiz. Mana shu holatlar mavzuning dolzarbligini belgilaydi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (ЛИТЕРАТУРА И МЕТОДОЛОГИЯ / METHODS). «O‘zbek tilshunoslari», «Ўзбекиское советское языкознание » asarlarida qayd etilgan tilshunoslar asarlari, «O‘zbek tilshunosligi tarixi» kursi materiallari va tilshunoslikka oid boshqa ilmiy asarlar, dissertatsiya va maqolalarda o‘zbek tilshunosligida o‘zbek tili qurilishiga sinxron-formal, sistem-struktur, substansional tahlil va tasnif usullarini sintezlashtirgan holda tadqiq etish asosida ichki lingvistika taraqqiyotining analitik-sintaktik-sintaktik-analitik yo‘nalishdagi asosiy qarashlarni belgiladi. Ma’lumki, mustaqillik davrida o‘zbek tilshunosligida mazkur muammoga aloqador bo‘lgan ayrim ishlar qilingan. Bu borada prof.H.Ne’matovning «O‘zbek tilshunosligida formal, struktural va substansional yo‘nalishlar xususida», A.Nurmonov va boshqalarning «An’anaviy va struktur tilshunoslik munosabatlari masalalari», O.Bozorovning «An’anaviy va sistemaviy tilshunoslikning o‘zaro munosabati» (birinchi maqola), A.Nurmonovning «Ayub G‘ulomovning sintaktik qarashlari”, shuningdek, “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalida nashr etilgan akademik A.Hojiev, N.Mahmudov va yana bir qator olimlarning o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari haqidagi maqolalari hamda professor S.Usmonov, Aminjon Mamatov va boshqa olimlarning Ayub Fulomov ilmiy qarashlariga munosib bildirilgan ishlari yuzaga kelganki, bularga munosabat bildirish, baxslarda aytilgan va asoslangan fikrlarga aniqlik kiritish, baholash kabi ko‘pgina masalalar ham tadqiqot maqsadi tarkibiga kiradi. Universal – integratsion – uyg‘unlashgan tilshunoslikning shakllanishini belgilash yo‘nalishiga asos bo‘ladi. [3, 15] Tadqiqotning metodologik asosi va metodlari. Milliy qadriyatlar, ajdodlar merosiga munosabat borasidagi qarashlari, o‘zbek tilshunosligida o‘zbek tili qurilishini sinxron-formal, sistem-struktur, substansional tahlil va tasnif usullariga doir fikr-mulohazalarga munosabat bildirilgan tadqiqot ishlari, tahlil usullari tadqiqotning metodologik asosini belgilaydi. NATIJALAR – XX asr o‘zbek ilmiy tilshunosligi taraqqiyotida yirik tilshunoslar qarashlari asosiy manba sifatida o‘rganiladi; -XX asrning 40-80 yillarida o‘zbek tilshunosligida yaratilgan e’tiborli ishlarning mustaqillik davri o‘zbek ilmiy tilshunosligining ilmiy-nazariy manbasi bo‘lib hisoblanganligi asoslanadi; – o‘zbek tili qurilishini sinxron-formal, sistem-struktur, substansional tahlil va tasnif usullarini sintezlashtirgan holda tadqiq etish asosida ichki lingvistika taraqqiyotining analitik-sintetik- sintetik-analitik yo‘nalishdagi asosiy qarashlar belgilanadi;
  • merosning universal-integratsion (uyg‘unlashgan) tilshunoslikning shakllantirilishini belgilash yo‘nalishiga asos bo‘lganligi holati ochib beriladi.
O‘zbek tilshunosligida o‘zbek tili qurilishiga sinxron- formal, sistem-struktur, substansional tahlil va tasnif usullarini sintezlashtirgan holda tadqiq etish asosida ichki lingvistika taraqqiyotining analitik-sintetik-sintetik-analitik yo‘nalishdagi asosiy qarashlarni belgilash, yetakchi tilshunoslar merosini mustaqillik davri ilmiy qarashlari asosida baholash hamda ularning ilmiy-nazariy qarashlarining zamonaviy tilshunoslik taraqqiyoti uchun asosiy nazariy manba bo‘lganlik darajasi belgilanadi. Maqolada keltiriladigan fikrlar, xulosalar o‘zbek tilining fonetika, morfemika, morfonologiya, so‘z yasalish, leksikologiya va grammatika sathlari bo‘yicha nazariy fikrlarni boyishiga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari darslik va qo‘llanmalar tuzishda metodik ko‘rsatma va tavsiyalar berishda magistrlik, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yaratishda nazariy manba vazifasini o‘tashi mumkin. Tadqiqotning amaliy ahamiyati natijalardan o‘zbek tilshnunosligida sinxron-formal, sistem-struktur, substansional tahlil va tasnif usullaridan umumlashtirilgan holda ichki lingvistik taraqqiyotning analitik-sintetik-sintetik-analitik yo‘nalishdagi asosiy qarashlarni tahlil qilishda muhimligi bilan belgilanadi. [6, 5] Maqolaning yozilishida OAK talablariga qat’iy rioya qilinadi. Jumladan, qabul qilingan tartibga muvofiq tadqiqotning umumiy tavsifi berilib, ishning asosiy mazmuni reja asosida bayon etiladi. MUHOKAMA. Tadqiqot ishida mavzuga oid ilmiy-nazariy qarashlarga, shuningdek, ilmiy merosga, qadriyatlarga yondashish, ularni jiddiy o‘rganish va baholash, ilmiy tilshunoslikning shakllanishida muhim manba bo‘lgan omillarni to‘g‘ri belgilashga munosabat bildirilib, mavzuning dolzarbligi asoslanadi. Tahlil natijalaridan keltirilgan dalillardan kelib chiqqan holda ishning maqsad va vazifalari, metodologik asoslari va tadqiq usullari belgilab olinadi. Ishning ilmiy yangiligi ko‘rsatiladi. Mazkur tadqiqot ishining o‘rganish ob’ekti bo‘lgan Kirmoq, chiqmoq, tushmoq fe’llarining pragmatikasining o‘zbek tilshunosligida o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati yoritib beriladi. [4, 22] «Badiiy adabiyotda bolalarga xos ifodalarning pragmatik xususiyatlarning o‘rganilishiga doir» o‘zbek tilshunosligining XX asrning asosan 40-80 yillaridagi rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan yetakchi o‘zbek tilshunoslaridan ayrimlarining ishlariga munosabat bildiriladi. Mavzu mohiyatini yoritish jarayonida o‘zbek tilshunosligida shu davrda yaratilib, uning taraqqiyoti jarayonida ilmiy nazariy manba sanalgan tadqiqotlar hamda ularni tanqidiy (ijobiy-salbiy) tadqiq qilish yo‘nalishida yaratilgan asarlar tahlilga tortiladi. Buning uchun ayrim muammolarga oid lingvistik qarashlar bo‘yicha yetakchi olimlar tomonidan aytilgan fikrlarga qiyosiy munosabat bildiriladi. Olimlarning 40-80 yillardagi o‘zbek tilshunosligidagi nazariy qarashlari xususidagi ilmiy-nazariy qarashlariga munosabat bildiriladi. O‘zbek ilmiy tilshunosligining shakllanishi jarayonidagi o‘ziga xos xususiyatlar belgilanadi. Morfemika, morfonologiyaga doir jiddiy ishlari, shu jumladan, «Affiksatsiyaga aloqador bo‘lgan hodisalar haqida («О сопутствующих явлениях при аффиксатсии в узбекском языке», Науч.труды. ТашГУ, 211-son, T., 1963 y.) tadqiqoti va boshqa ayrim ishlari tahlil эtiladi va olimning morfonologiyaga oid qarashlari belgilanadi, ularga munosabat bildiriladi. XULOSA. Xulosa qilib aytganda badiiy adabiyotda bolalarga xos ifodalarning pragmatik xususiyatlari va unga xos sifatlar ma’no xususiyatlari ochib Olimlarning «Fe’l», «O‘zbek tilida kelishiklar» «O‘zbek tilida ko‘plik kategoriyasi», «Morfologiyaga kirish», shuningdek, ayrim affikslar borasidagi tadqiqotlari tahlil qilinadi. Ularda ilgari surilgan ilmiy qarashlarga qiyosiy munosabat bildiriladi.   ADABIYOTLAR RO‘YXATI   1.Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. 48 b. 2.Jumaboyev M. O‘zbek bolalar adabiyoti. –T.: O‘qituvchi, 2002. 3.Jumaboyev M Bolalar adabiyoti. –T.: O‘qituvchi, 2011. 4.Raximov G‘. Tarjima nazariyasi va amaliyoti. O‘zbekiston miliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent-2016. 176 b. 5.Алимов В.В. Теория перевода. Перевод в сфере профессиональной коммуникации. – Москва: УРСС, 2004. 6.Safarov, B.N. (2022). PIRLS-XALQARO OʻQISH SAVODXONLIGINI OʻRGANISH BOʻYICHA TARAQQIYOT. Ta’lim faoliyatida innovatsion rivojlanish , 1 (5), 134-138. 7.Safarov, B.N. (2022 yil, noyabr). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK KOUCHINGNI TOSHKIL ETISHNING DOLZARBLIGI. 21- ASRDA INNOVATSION TA’LIMNING O‘RNI VA AHAMIYATIGA BASHLANGAN XALQARO KONFERENSIYADA ( 1-jild, 8-son, 30-35-betlar). 8.Safarov, B. (2021). 6-7 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda matematika mashg‘ulotlarini axamiyati: 6-7 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda matematika mashg‘ulotlarini axamiyati. Maktabgacha ta’lim jurnali , 2 (2). 9.Norboyevich, SB, & Axmadjonovna, BM (2023). TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI SAMARALI TASHKIL ETISHNING BOSHQARUV PRINSPLARI. Ta’lim faoliyatida innovatsion rivojlanish , 2 (4), 18-23. 10.Мелиев Х. А., Сафаров Б. Н. OИЛА, МАКТАБ ВА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ҲАМКОРЛИГИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ МАЗМУНИ //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. 11. – С. 1312-1316. 11.Bo‘ltakov S., Begaliyeva H. TA’LIM JARAYONIDA KREATIV FIKRLASHNING AHAMIYATI //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 129-132.