Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/12/2025
Chop etish
JDPUda “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” doirasida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” deb e’lon qilingan tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet Madaniyat saroyida tashkil etildi.

Mazkur seminar-treningda Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati hamda pedagog-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida Ta’lim menejmenti kafedrasi mudiri Tursunov Diyor “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifi hamda xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqi” mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek, Jizzax davlat pedagogika universiteti akademik litseyi direktori Bozormurod Abduvohidov tomonidan “Iqtidorli talabalarni xalqaro va fan olimpiadalariga tayyorlash” mavzusida ma’ruza o‘qildi. Unda iqtidorli yoshlar bilan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro maydonga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida Tarix fakulteti, Umumiy tarix kafedrasi o‘qituvchisi Ozodbek Ne’matov tomonidan “Scopus va ResearchGate bazalarida profil yaratish hamda ilmiy maqola tayyorlash” mavzusida amaliy seminar-trening tashkil etildi. Unda xalqaro ilmiy bazalarda faoliyat yuritish, maqolalarni tayyorlash va nashr etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Seminar-trening yakunida ma’ruzachilar va ishtirokchilar o‘rtasida qisqa savol-javoblar o‘tkazilib, o‘qituvchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.


Ulashish:
2 381
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...