Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/12/2025
Chop etish
JDPUda Davlat madhiyasi qabul qilinganining 33-yilligi munosabati bilan bayramona konsert o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 33-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida bayramona konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbirga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari Iqboloy Umarova hamda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti a’zolari mehmon sifatida taklif etildi va ular bilan hamkorlikda konsert o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti tomonidan bir qator ishtirokchilar munosib ravishda taqdirlandi. Jumladan: – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari Iqboloy Umarova; – JDPU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Bekzod Qo‘shmurodov; – “Sharq mo‘jizasi” xalq cholg‘ulari orkestri rahbari Muslim Abilov; – Xor jamoasi rahbari Navbahor Hasanova; – Musiqa ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Malika Fayzullayeva.

Tadbirda shuningdek Javohir Saidov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyati bo‘limi hamda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti vakillari bugungi bayramona konsertni tashkil etishda ko‘rsatgan hamkorligi uchun JDPU rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, o‘z bayram tabriklarini yo‘lladilar.


Ulashish:
2 007
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...