Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/12/2025
Chop etish
JDPU o’qituvchisi xalqaro konferensiyada Full Bursary grantini qo‘lga kiritdi.

Ingliz tili nazariyasi va metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, Uzoqova Shahnoza Soibnazarovna Omon Sultonligidagi Sultan Qabus universitetida o‘tkazilayotgan “Sustainable Translation in the Age of Knowledge Extraction, Generation, and (Re)Creation” nomli xalqaro konferensiyada faol ishtirok etmoqda.

Ushbu konferensiya zamonaviy tarjima jarayonlarida barqarorlik, sun’iy intellektning ta’siri va bilim yaratishning yangi paradigmalari bo‘yicha eng ilg‘or ilmiy fikrlar almashinadigan maydon sifatida tanilgan.

 

Shahnoza Soibnazarovna o‘z ma’ruzasi orqali tarjima ta’limida zamonaviy yondashuvlar, texnologiyalarning roli va pedagogik innovatsiyalar bo‘yicha tajribasini xalqaro hamjamiyatga taqdim etdi. Eng quvonarlisi, u konferensiyada ishtirok etish uchun Full Bursary Fund — to‘liq grantni qo‘lga kiritdi. Bu yutuq nafaqat uning ilmiy mehnatiga berilgan e’tirof, balki JDPU va mamlakatimiz uchun katta faxrdir.


Ulashish:
1 942
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.