Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/12/2025
Chop etish
JDPU mezbonligida “Guest Lecture Series-2025”ning 17-qismi o‘tkazildi.

Samarqand tilshunoslik va adabiyot markazi (SLLC), Silk Road Research Academy hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Guest Lecture Series” loyihasining 17-qismi joriy yilning 10-dekabr kuni JDPU mezbonligida bo‘lib o‘tdi.

Navbatdagi “Guest Lecture Series-2025”da Bosniya va Gersegovinadan taklif etilgan mutaxassis — Dr. Minela Kerla tomonidan “Integrating Social Innovation, Digital Education, and Language Learning in 21st-Century Classrooms» mavzusida ilmiy-amaliy vebinar tashkil etildi.

Vebinar jarayonida XXI asr ta’limida raqamli pedagogika, ijtimoiy innovatsiyalar va til o‘rganish jarayonlarini integratsiyalashtirishning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi. Spiker o‘z tajribasi asosida innovatsion o‘qitish amaliyotlari, ta’lim muhitini raqamlashtirish va interfaol metodlardan samarali foydalanish bo‘yicha qator muhim tavsiyalar berdi.

Tadbirda universitet tadqiqotchilari, tayanch doktorantlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etib, mavzuga doir qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


Ulashish:
2 252
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...