Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/12/2025
Chop etish
Jizzaxda pedagogika oliy ta’lim muassasalari prorektorlari kengashining 5-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Zomin dam olish maskanida pedagogika oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari kengashining 5-sonli yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishda respublikaning 13 ta pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari hamda ilmiy bo‘lim boshliqlari faol ishtirok etmoqda. Mehmonlar va ishtirokchilarga Jizzax davlat pedagogika universiteti mezbonlik qilmoqda.

Yig‘ilish davomida ilmiy ishlar va innovatsiyalar sohasidagi amaliyotlar, zamonaviy tajribalar va hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, pedagogika oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqotlar natijalarini samarali joriy qilish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

 


Ulashish:
2 134
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...