Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIDA INSON HUQUQLARIGA OID NORMALAR 3 BARAVARDAN ORTIQQA OSHMOQDA.

Yangilanayotgan davlatimiz konstitutsiyasi loyihasida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oily maqsadi etib belgilanmoqda. Jumladan, 7-modda davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va qonuniy vakolatga ega organlar tomonidan amalga oshirilishi yanada mustahkamlanmoqda. 20-moddada esa “davlat inson va uning manfaatlari uchun xizmat qiladi” prinsipi o‘z aksini topmoqda. Ya’ni, inson va davlat o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etililishi yangi norma sifatida kiritilmoqda. Shuningdek 19-moddada respublikada insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu konstitutsiyaga muvofiq e’tirof etilishi va kafolatlanishi qayd etilmoqda. Bu bevosita O‘zbekistonda inson huquqlarini to‘la ro‘yobga chiqarilishi konstitutsiyaviy qonun bilan mustahkamlanganini ko‘rsatadi.