Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/04/2023
Chop etish
INKLYUZIV TA’LIM-TARBIYA KAFOLATLANMOQDA

Inklyuziv ta’lim – bu endilikda rivojlanayotgan, xalqaro standartlarga muvofiq ommalashayotgan ta’lim turi bo‘lib, bu ta’limning mohiyati imkoniyati cheklangan, ko‘rish, eshitish, harakatlanishda nuqsoni bor bolalarning sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim olishini ta’minlaydi. Bu ta’lim turi ijtimoiy tenglikni barqarorlashtirib, nuqsoni bo‘lsa-da, yoshlarni ta’lim olishdagi huquqlarini  qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Bugungi kunda yurtimizda jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan 21 230 nafardan ziyod bola uchun respublikamizda 90 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, yengil darajadagi nogironligi bo‘lgan 18 000 nafarga yaqin o‘quvchilar maktablarda sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘qishmoqda.

Mamlakatimiz aholisi soni yildan yilga ko‘payayotgan bir paytda, afsuski, nogironligi bo‘lgan bolalarning soni ham ortib bormoqda. Ular ham sog‘lom bolalar kabi ta’lim olish huquqiga ega. Buning uchun nogironligi bo‘lgan bolalarga zarur shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Jumladan, brayl yozuvidagi darsliklar, surdo tarjimon o‘qituvchilar bo‘lishi shart. Yurtimizda bunday bolalar uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi va yengil darajadagi nogironligi bor bolalar sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘qishi ta’minlanishi zarur.

Bu borada eng quvonarlisi shundaki, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 20-moddasida inklyuziv ta’limga doir norma kiritilgan. Shuningdek yangilanayotgan konstitutsiyamizning 50-moddasida ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inkluziv ta’lim va tarbiyani ta’minlanishining belgilanishi ham bu toifadagi bolalarni ta’lim olish huquqlarini yanada mustahkamlaydi. Bu o‘z navbatida mamlakatimizda inson huquq va erkinlarini ro‘yobga chiqarilishining huquqiy kafolatlanishidan dalolat beradi.

 

 

 


Ulashish:
667
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU talabalari Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalaridan iborat delegatsiya 12–14-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish uchun yo‘lga chiqdi.
JDPU профессор-ўқитувчилари Malayziyada malaka oshirish jarayonida
Jizzax davlat pedagogika universitetining 22 nafar professor-o‘qituvchisi Malayziyaning Utara Universitetida malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi.
“Stressga harakat bilan javob ber, fikringni ozod qil!”: Talabalar o‘rtasida ommaviy psixologik aksiya o‘tkazildi
Aprel va may oylarining “Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” deb e’lon qilingani munosabati bilan Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetining “Volontyor psixolog” talabalar jamoasi tomonidan talaba-yoshlar uchun...