Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

TALABA-QIZLAR JISMONIY FAOLLIGINI OSHIRISH METODIKASI

Xolova Shaxnoza Mardonovna – o‘qituvchi, A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika universiteti, Maktabgacha ta’lim fakulteti, Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi Annotatsiya Maqola talaba-qizlarni jismoniy tarbiyalashni yanada takomillashtirish yo‘llariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda talaba-qizlarni jismoniy mashqlar va sevimli sport turlariga bo‘lgan munosabatlari o‘rganilgan hamda jismoniy tarbiyani talaba-qizlarning ijtimoiy ehtiyojlari ekanligi ko‘rsatilgan. Shuningdek jismoniy tarbiyani talaba-qizlarning sog‘lom turmush tarzini kechirishidagi va ijismoniy madaniyatidagi o‘rni masalalari turli pedagogik va psixologik shart-sharoitlar nuqtai-nazaridan tahlil qilingan va ular bir butun shaxs jismoniy madaniyatini shakllantirish vosinafari sifatida ta’kidlangan. Kalit so‘zlar: Jismoniy faollik, talaba-qizlar, jismoniy madaniyat, jimoniy tarbiya sport, ommaviy sport, badan tarbiya, gimnastika, pedagogika, psixologiya. Annotatsiya Dannom state raskrыvaetsya puti sovershenstvovaniya fizicheskogo vospitaniya studentok i ix priobщenie k ozdorovitelnom sportivnom zanyatie. Takje izuchaetsya otnoщenie studentok k fizicheskim uprajneniyam i lyubimыe vidы sporta. Predusmatrivaetsya zanyatie fizicheskimi uprajneniyami kak sotsialnыe potrebnosti devushek-studentok.Takje otmechaetsya v state sotsialnыe znachenie i rola fizicheskoy kulturы v zdorovogo obraza jizni studentok s razlichnыx pedagogicheskix i psixologicheskie uslovie formirovaniya fizicheskoy kulturы lichnosti, v selom. Klyuchevыe slova: dvigatelnaya aktivnost, studentы, fizicheskaya kultura, fizkulturno-sportivnaya, massovыy sport, fizicheskaya kultura, gimnastika, pedagogika, psixologiya. Abstrakt The article is devoted to ways to further improve the physical education of female students, examines the attitudes of female students to exercise and favorite sports, and shows that physical education is a social need of female students. The role of physical education in the healthy lifestyle and physical culture of students is also analyzed in terms of various pedagogical and psychological conditions, and they are emphasized as a means of shaping the physical culture of an individual. Keywords: Physical activity, students, physical culture, physical education sports, mass sports, physical education, gymnastics, pedagogy, psychology.   Kirish (Introduction). Bugungi kunda respublikamiz oliy o‘quv yurtlari talaba-yoshlarini jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bo‘yicha yaratilayotgan shart-sharoitlar har qachongidan ortib bormoqda. Talaba-qizlarni jismoniy tarbiyalash masalalari Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining umumiy masalari tarkibiga kiradi va u o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shu o‘rinda “Jismoniy tarbiya”, “Jismoniy madaniyat” degan tushunchalarning mazmuniga e’tibor berib o‘tish muhimdir, chunki hozirgacha mutaxassislar o‘rnafarida jismoniy tarbiyani pedagogika fanidan ajratib qarash holati ko‘p uchraydi [1]. Jismoniy tarbiya pedagogika fanining mutaxassislashtirilgan muhim tarkibiy qismi hisoblanadi va quyidagi ta’rifga ega: “Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon bo‘lib, u jismoniy mashqlar yordamida o‘sib kelayotgan yosh organizmlarning morfologik(tana tuzilishi) va funksional(ichki hayotiy tizimlar ishi) qobiliyatlarini o‘stirishga qaratilgan tadbirlar majmuidir” [2]. Shuning uchun jismoniy tarbiya pedagogika fanining muhim hayotiy tarkibiy qismi sifatida tarbiyaning boshqa turlari bilan chambarchas aloqada amalga oshirilib borilishi kerak. “Jismoniy madaniyat” esa nisbatan keng tushuncha bo‘lib, u “umumiy madaniyatning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, inson salomatligi va jismoniy kamolotining maxsus vositalarini yaratish va foydalanish ishida jamiyat erishgan muvaffaqiyatlarning umumiy natijasidir”. Jismoniy madaniyat jismoniy tarbiyaning keyingi muhim bosqichi bo‘lib, u butun umr davom etadigan muhim madaniy, tarbiyaviy va tibbiy-biologik hamda ijtimoiy-siyosiy jarayondir. Chunki jismoniy madaniyatning shakllanishida genetik va tabbiiy iqlim sharoiti bilan birgalikda jismoniy madaniyatni oshirish uchun yaratilgan ijtimoiy shart-sharoitlarning ham o‘rni beqiyosdir. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review) Aholining turmush darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa ular jismoniy madaniyatining darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi va o‘rtacha uzoq umr ko‘rish yanada ortib boradi. Talabalik yillari jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatni oshirishning oxirgi majburiy bosqichi hisoblanadi. Keyin esa ular bilan mustaqil va ixtiyoriy ravishda shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. Respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan ikki yuz mingdan ziyod talabalarning deyarli yarimini talaba-qizlar tashkil etadi. Talaba-qizlar jismoniy tarbiyasini oshirish masalalari bo‘yicha ko‘plab tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan jismoniy faol bo‘layotgan talaba-qizlarning soni juda kam, ularning jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish darajasi qoniqarli emas. Jadval bo‘yicha mashg‘ulotlarga talaba-qizlar nomigagina sport kiyimi bilan chiqadilar, mashg‘ulotlarda ularning faolligi juda past. Ma’lumotlarga ko‘ra butun talabalarning 8 % dan 20 % bo‘lgan qismi to‘garak mashg‘ulotlariga jalb etilgan (A.H.G‘ulomov,  Ye.Tixonova, G.F. Gulyamova va b, 2004) [3]. To‘garaklarga jalb etilgan talabalarning butun sonining foiziga nisbatan, talaba-qizlarning soni yanada past, u 7-8 % ni tashkil etadi. Buning bir qancha ob’ektiv va sub’ektiv sabablari mavjud. Masalan, talaba-qizlar jismoniy madaniyatiga eskicha qarashlarning hamon mavjudligi,  o‘quv yurti ma’muriyatining zarur darajada e’tiborsizligi va Jismoniy tarbiya faniga ikkinchi darajali fan sifatida qarashi, o‘qituvchilarning kasb tayyorgarligini yetishmasligi va o‘z fanining mavqieni zarur darajada himoya qilaolmasligi, mashg‘ulotlarni zamonaviy darajada tashkil etilmasligi, shart-sharoitlar sifatining pastligi, ijtimoiy talabalarning yetarli emasligi, tashabbusning yo‘qligi yoki uni qo‘llab-quvvatlamaslik, talaba-qizlar qiziqishlariga mos to‘garaklarning yo‘qligi, shuningdek, talaba-qizlarning jismoniy madaniyat ta’limidan uzoqligi, milliy mentalitetga mos zamonaviylikning, shaxsiy jismoniy kamolat rejasining yo‘qligi va boshqalarni ta’kidlab o‘tish mumkin. Bunga jismoniy madaniyat faniga ajratilgan o‘quv soatlarining kamligi, ularni II-III-IV bosqichlarda davom ettirilmasligi ham asosiy sababdir. Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Talaba-qizlar jismoniy tarbiyasi bugungi kunda muhim pedagogik, psixologik va jismoniy madaniyat fani bilan bog‘liq, shunungdek, ko‘p omillarga va baholarga asoslangan zamonaviy ilmiy-uslubiy tadqiqotlarni talab etadi va bular muammoning yanada dolzarbligini ko‘rsatadi. Shaxsni biror bir faoliyat turiga yo‘naltirish va uni amalga oshirishda shaxsiy qiziqish va qiziqtirishning pedagogik-psixologik ahamiyati muhim yo‘naltiruvchi kuchga ega. Bu jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazishning onglilik va faollik tamoyili mazmuniga singdirilgan bo‘lib, ma’lum tashkiliy-pedagogik tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi. Bu birinchi navbatda talaba-qizlarning jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlariga qiziqish va intilishlarini o‘rganishni taqoza etadi. Shu maqsadda amaliy filologiya fakultetida ta’lim oluvchi 98 nafar I-II-bosqich talaba-qizlarga quyidagi savollar bilan murojaat qilindi: 1.Yoshingiz? 2.Yashash joyingiz? Ijara, yotoqxona, shaxsiy xonadon. 3.Kun tartibiga rioya qilasizmi? Ha. Yo‘q. 4.Ertalabki badantarbiya bilan shug‘ullanasizmi? Ha. Yo‘q. 5.Maktabdagi jismoniy tarbiya darslaridan qoniqish hosil qilganmisiz? Ha. Yo‘q. 6.Oliy o‘quv yurtidagi jismoniy  tarbiya darslaridan qoniqish hosil qilayapsizmi? Ha. Yo‘q.7.Bir kunlik jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari uchun qancha vaqt ajranafariz? 15,20,30,40,50,60,70,80,90 minut. 8.Sevimli mashqlaringiz: Voleybol, qo‘l to‘pi, basketbol, yugurish mashqlari,kurash gimnastika va b. 9.Bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazasiz? 10.Shu bo‘yicha boshqa takliflaringiz? Tahlil va natijalar (Analysis and results). Berilgan savollarga talaba-qizlarning javoblaridan quyidagilar ma’lum bo‘ldi: I-II-bosqich talaba-qizlarning o‘rtacha yoshi 19,1 ni, eng kichigi-17 yoshni va eng katnafari 25 yoshni tashkil etdi. Ulardan 17 yoshlilar- 10 ta; 18 yoshlilar-22 ta; 19 yoshlilar- 32 ta; 20 yoshlilar-22 ta; 21 yoshlilar-8 ta; 22,23,24,25  yoshlilar-1 tadan iborat bo‘ldi. I-II-bosqich talabalarini umumiy o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini bitirib o‘qishga kirishini e’tiborga olsak, ularni  oliy ta’lim muassasalaridagi yoshga va bosqichga mos o‘qish davri 19-20 yoshni tashkil etishi kerak. Javoblardan ma’lum bo‘lishicha 32 ta talaba vaqtidan oldin o‘qishga kirgan va qolgan 66 talaba o‘qishga kechikib kirgan. Demak, ularning ko‘pchiligi kechikib bo‘lsada oliy ma’lumot olish bilan bog‘liq maqsadlarini amalga oshirishgan, o‘qishga kirish uchun mehnat qilgan, irodasini mustahkamlagan [4]. Talaba-qizlarning yashash joyi o‘z o‘quv mehnatini va sport –sog‘lomlashtirish tadbirlarini bajarishlarida muhim ahamiyatga ega. So‘ralganlardan 13 nafari ijarada, 21 nafari talabalar turar joylarida va 64 nafari shaxsiy xonadonlarida yashab o‘qiganlar. Kun tartibiga 82 talaba rioya qilishini va 16 talaba rioya qilmasligini aytgan. 63 talaba ertalabki badantarbiya bilan shug‘ullangan bo‘lsa, 32 talaba badan tarbiya bilan shug‘ullanmasligini, 3 nafari esa ba’zida shug‘ullanishini bildirgan. 68 talaba maktabdagi jismoniy tarbiya darslaridan qoniqish hosil qilgan bo‘lsa, 30 ta talaba-qizlar maktabdagi jismoniy tarbiya darslaridan qoniqish hosil qilmagan. 96 talaba institutdagi jismoniy madaniyat mashg‘ulotlaridan qoniqish hosil qilgan bo‘lsa, 2 talaba-qiz Universitetdagi jismoniy madaniyat mashg‘ulotlaridan qoniqish hosil qilmagan. 27 talaba bir kunda  jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari  uchun 15 minutdan, 29 nafari 20 minutdan, 26 nafari 30 minutdan, 7 nafari 40 minutdan, 4 nafari 50 minutdan, 2 nafari 60 minutdan, 2 nafari 70 minutdan va 3 nafari 90 minutdan vaqt ajratishgan. Talaba-qizlarning bir kunda jismoniy mashqlarga ajratgan vaqti
15 minut 20 minut 30 minut 40 minut 50 minut 60 minut 70 minut 90 minut
27 nafar 29 nafar 26 nafar 7 nafar 4 nafar 2 nafar 2 nafar 3 nafar
Sport mashqi (trenirovka) ni me’yor bo‘yicha belgilangan vaqtini 1,5 soat (90 minut)ligini e’tiborga oladigan bo‘lsak 98 talabadan faqat 3 nafarigina muntazam sport bilan shug‘ullanishini bilishimiz mumkin. Qolgan 15 talaba jismoniy madaniyat bilan mustaqil shug‘ullanishi (40,50,60,70 minut), 82 talaba (15, 20, 30minut) esa faqat ertalabki badantarbiya bilan shug‘ullanadi deb hisoblashimiz mumkin. Talaba-qizlarning sevimli sport turlari
Gimnastika Voleybol Basketbol Yugurish mashqlari Qo‘l to‘pi Tennis Suzish Futbol Shaxmat Karate Kikboks
28 24 23 23 13 4 4 3 2 2 1
So‘rab ko‘rilganlarning 28 nafari gimnastikani, 24 nafari voleybolni, 23 nafari basketbolni, yana 23 nafari yugurish mashqlarini, 13 nafari qo‘l to‘pini, 4 nafari tennis va yana 4 nafari suzishni, 3 nafari futbolni, 2 nafari shaxmat va yana 2 nafari karateni va 1 nafari kikboksni sevimli sport turlari sifatida belgilashgan. 28 talaba gimnastikani sevimli sport turi sifatida belgilagan bo‘lsada, aksari oliy o‘quv yurtlarida gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun sharoitlar yo‘q.”Bo‘sh vaqtingizda nima bilan band bo‘lasiz?” degan savolga quyidagi javoblar berilgan: 37 nafari kitob o‘qish, 16 nafari musiqa eshitish, 13 nafari uy ishlari bilan band bo‘lish, 12 nafari dars tayyorlash, 8 nafari raqsga tushish, 8 nafari bo‘sh vaqti yo‘qligini, 5 nafari sport bilan shug‘ullanishini, 5 nafari televezor ko‘rishini, 5 nafari yugurishini, 4nafari sh’er o‘qishi va yozishini, 4 nafari radio eshitishini, 3nafari voleybol o‘ynashini, 3 nafari kompyuter va internetda ishlashini, 2 nafari gimnastika to‘garagiga qatnashini, 2nafari kutubxonada bo‘lishini, 2 nafari ovqat qilishini, 2 dam olishini, 2 nafari suzish bilan shug‘ullanishini, 2 nafari basketbol o‘ynashini, 2 nafari bichish-tikish bilan shug‘ullanishini,  sayr qilish,tennis bilan shug‘ullanish, qorin bo‘shlig‘i uchun press qilish, qo‘l to‘pi o‘ynash, ishlash, yog mashqlari bilan shug‘ullanish, sheypingga qatnashish bilan 1 nafardan talabalar shug‘ullanishlarini aytishgan. “Bo‘sh vaqtingizda nima bilan band bo‘lasiz?” degan savol bo‘yicha jismoniy tarbiya va sport, shuningdek, raqs bilan shug‘ullanishni ham qo‘shib hisoblab, umumiy xulosa chiqaradigan bo‘lsak, har 100 nafardan 33 talaba bo‘sh vaqtlarida jismoniy faol bo‘lishini tushunishimiz mumkin. Bu ko‘rsatkich talabalarning tabiiy rivojlanishi va harakatga bo‘lgan ehtiyojlarining tadqiqotlar natijasida belgilangan taqribiy ko‘rsatkichlariga mos keladigan bo‘lsada, uning darajasi bugungi kun talablariga javob bera olmaydi. Bu har uch talabadan bir nafarini imkoniyati bo‘lsada, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanmaydi degan xulosaga olib keladi. Demak, ko‘rsatkichlarni kam deganda 66-70 taga ko‘targanimizdagina holatni qoniqarli deb baholashimiz mumkin bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar talaba-qizlar jismoniy madaniyati darajasining pastligiga ta’sir etuvchi yagona omil emas. Talaba-qizlar jismoniy madaniyatini pastligiga va uning natijasida ular jismoniy madaniyatining zarur darajada shakllanmaganligiga yana bir qator omillar ham ta’sir etadi. Ularga quyidagilarni misol keltirish mumkin: salomatligining yaxshi emasligi; oilada va maktabdagi o‘qish davrida o‘quvchi-qizlar jismoniy tarbiyasiga e’tibor berilmaganligi; dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar sifatining pastligi;oila an’analari; sport kiyimining yo‘qligi; mustaqil shug‘ullanish tajribasining yetishmasligi; vaqt yetishmasligi; mashg‘ulot joyining uzoqligi yoki yo‘qligi; shaxsan qiziqmaslik yoki jismoniy madaniyatning inson salomatligi va kundalik turmushdagi ahamiyatini tushunmaslik; ijtimoiy talablarning bo‘shligi; qiziqqan sport turi bo‘yicha mashg‘ulot tashkil etilmasligi va zarur sport inshootlarining yo‘qligi; jismoniy madaniyat va sport-sog‘lomlashtirish ishlarining yetarli targ‘ibot va tashviqot qilinmasligi; irodaviy sifatlarning bo‘shligi va shaxsiy hayotni to‘g‘ri rejalashtira olmaslik; muhim hayotiy intilishlarning, rejalarning yo‘qligi; shug‘ullanish uchun zarur, ta’limiy va tarbiyaviy ma’lumotlarga ega bo‘lmaslik; shunchaki qiziqmaslik va boshqa salbiy omillar va b. Yuqoridagi omillar o‘ziga xos bo‘lib, ular u yoki bu darajada talaba-qizlar jismoniy tarbiyasiga va u orqali talaba-qizlar jismoniy madaniyatiga salbiy ta’sir etadi. Bu omillarni bartaraf etish va talaba-qizlar jismoniy tarbiyasini oshirishning optimal yo‘llari va variantlarini ishlab chiqish, talaba-qizlar jismoniy madaniyatini qat’iy va to‘la shakllantirishning aniq motivlarini aniqlash, talaba-qizlar jismoniy madaniyatining mazmuni, vositalari va shakllarini eksperimental va ilmiy-nazariy asoslangan holda me’yor va mezonlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etishni talab etadi. Buning uchun nimalarga e’tibor berish va nimalar qilish kerak-, degan savolga talabalarning o‘zlari javob beradi. Talabalarga berilgan oxirgi savol “Shu bo‘yicha boshqa fikrlaringiz?,-deb yozilgan edi. Savol bo‘yicha javoblarni umumlashtirib quyidagi asosiy xulosalarga kelishimiz mumkin. 1.Darslarni ko‘paytirib, haftada ikki marta o‘tkazish. 2.Sport o‘yinlari texnikasini yaxshiroq o‘rgatish. 3.Darslarni qiziqarli o‘tkazish. 4.Darslar davomida o‘zaro, qizlar bilan ko‘proq o‘quv musobaqalari o‘tkazish. 5.Badiiy gimnastika to‘garaklarini tashkil qilish. 6.Talaba-qizlarga alohida zallarda mashg‘ulot o‘tkazish va ularni 3-4 bosqichlarda ham davom ettirish. 7. Maxsus sport zallari bo‘lishi va oliy toifali murabbiylarni ko‘paytirish. 8.Sportga ko‘proq e’tibor berilishi va raqs to‘garaklarini ochish. 9. Ko‘proq mashq zallari, basseyinlar, televezorda ko‘proq ko‘rsatuvlar bo‘lsa. 10. Ko‘proq to‘garaklar tashkil etilsa va ularning narxi qimmat bo‘lmasa va b. Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Demak, talaba-qizlar tomonidan taklif qilingan tadbirlar oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilib borilsa, talaba-qizlarning jismoniy tarbiyasi va sog‘lom turmush tarzini kechirish darajasini hamda salomatligi yanada yaxshilanadi. Bu hozirda tibbiyotdagi 15-20 ming so‘mlik oddiy tashxisdan tortib, 350-400 ming so‘mgacha bo‘lgan murakkab elektron tashxislarga sarflanadigan xarajatlarni tejab qolish imkoniyatini beradi va tejab qolingan mablag‘lar itellektual salohiyatni oshirishga yoki rang-barang dunyoni ko‘rish uchun qilinadigan sayohatlarga chiqish imkoniyatini yaratadi. Albatta, mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yoshlarni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashga  yaratilayotgan sharoitlar boshqa hech bir mamlakatda yo‘qligini ishonch bilan ayta olamiz. Lekin biz bu imkoniyatlardan zarur darajada foydalana olayapmizmi, o‘z imkoniyatlarimizni sportda, san’atda, bilimda sinab ko‘ra olayapmizmi? Albatta yo‘q, buni yuqoridagi javoblardan ma’lum bo‘lgan xulosalar ko‘rsatib turibdi. Jismoniy mashqlar, shuningdek, ilmiy asoslangan boshqa sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari talaba-qizlar jismoniy madaniyatini shakllantirishga ijobiy ta’sir etadi, ular talaba-qizlarni o‘z jismoniy tarbiyasi bo‘yicha rejali ish olib borishga, o‘z organizmi va  uning  funksiyalarini o‘zgartirishga olib keladi. Shuningdek, birinchidan jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari talaba-qizlar jismoniy tarbiyasini oshirib, ular organizmini faol jismoniy mashq qilishga moslashtiradi. Ikkinchidan jismoniy tarbiya yoki jismoniy mashqlar bilan faol shug‘ullanish talaba-qizlarning nafaqat organizmi funksiyalariga, balki ularning ruhiy-psixologik, aqliy-axloqiy va ijtimoiy faol shaxs bo‘lishiga ham yordam beradi. Uchinchidan jismoniy tarbiya talaba-qizlarni jismoniy madaniyat va uning mazmuni, vositalari va shakllari to‘g‘risidagi bilim va malakalarini ham faol shakllanishiga olib keladi va talaba-qizlarning jismoniy madaniyat bo‘yicha ta’lim va tarbiyasini yanada rivojlantiradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References)
  1. Polievskiy S.A. Fizichesoe vospitanie uchashiesya molodeji (gigienicheskie aspekti).-Moskva: Meditsina, 1989.-s. 160.
  2. Balsevich V.K. Fizicheskaya kultura dlya vsex i dlya kajdogo.-Moskva: FiS, 1988.-208 s.il.
  3. G‘ulomov A.H., Ye.Tixonova, G.F. Gulyamova Talaba-qizlarni sportga jalb qilish masalalari, konf. materiallari,Samarqand. 2004.
  4. Kholova Sh.M. Issues of physical maturity in the works of Alisher Navoi., Current issues of cultural life and the development of social sciences and humanities in Central Asia. International conference package. 2020. June.-B.149-153.