Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/09/2022
Chop etish
“Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz birdek mas’ulmiz!” mavzusida  tadbir tashkil etildi

Jizzax davlat pedagogika universiteti Magistratura  bo‘limida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz birdek mas’ulmiz!” mavzusida tadbir tashkil etildi.Tadbirda birinchi kurs magistrlari ishtirok etishdi.

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.Tadbirda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya va unga imkon berayotgan omillarni vaqtida aniqlash va unga o‘z vaqtida chek qo‘yish davlat va jamiyat hayotining barcha sohalaridagi dolzarb vazifa ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashishda eng avvalo har bir pedagogda, xodimda halollik immunitetini oshirib va bu bilan korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz kurashish lozimligi, Davlatimiz rahbariyati tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlarga  mana shu oliygohda tahsil olayotgan har bir talaba yosh o‘zining bilimi, a’lo o‘qishi bilan javob qaytarishi lozimligi ta’kidlandi.

 

Universitetning “Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorat” bo‘limi boshlig‘i A.Umrzoqov  korrupsion xolatlarni oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga olib keluvchi turli vaziyatlar va shu kabi muammoli holatlarni bartaraf etishda har bir talaba, magistrantlar vijdonan yondashishi kerakligini aytib o‘tdi. Tadbir  ochiq muloqot va savol-javob tariqasida bo‘lib o‘tdi.


Ulashish:
954
Boshqa rubrikalarda mashhur

Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.
JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...