Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/02/2022
Chop etish
 To‘garak a’zolariga  2022-2026 yillrga mo‘ljallangan   Taraqqiyot strategiyasining mazmun mohiyati tushuntirildi.

 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi majlislar zalida “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” mazmun-mohiyati”ni yetkazishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasining  tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda  Huquqshunos” to‘garak a’zolari, Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, yoshlar ishtirok etishdi.Davra suhbatini partiya viloyat Kengashi apparat rahbari Sherzod Mamatqulov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, Prezidentimiz tomonidan «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi imzolanganini aytib o‘tdi. Shuningdek,  “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi o‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi ustuvor vazifalarga ham qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar JDPI Falsafa-tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi Kamoliddin Yusupovning “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasidagi dolzarb vazifalar”, O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisining Mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari To‘ychi Axmedovning “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”, O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farxod Odilovning “Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi ma’ruzalari tinglandi. Tadbir davomidagi muloqotlarda Taraqqiyot strategiyasidan o‘rin olgan ustivor maqsad va vazifalarni yanada kengroq targ‘ib qilish, ular ijrosini ta’minlashda partiya faollari, deputatlarning faolligini oshirish borasida ham fikr-mulohazalar, takliflar bildirib o‘tildi. To‘garak a’zolari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

 

 


Ulashish:
883
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetining talabalar turar joylarida yangi 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ishchi guruh a’zolari hamda universitet mas’ullari ishtirokida talabalar turar joylarining mavjud holati, xonalar va umumiy foydalanish joylarining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi, obodonlashtirish va tozalik...
“Mustaqillik kubogi” musobaqalari davom etmoqda
25-avgust kuni musobaqa doirasida bir qator jamoalar o‘zaro kuch sinashdi.
“Mustaqillik kubogi”: futbol bahslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...