Joriy yilning 26 yanvar kuni Jizzax davlat pedagogika axborot-resurs markazi, institut Ma’naviyat bo‘limi, Xotin- qizlar qo‘mitasi hamda Jizzax viloyat televideniyasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimov tavallud topgan kun 30 yanvar sanasiga bag‘ishlangan “Inson xotirasi muqaddasdir” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda institut axborot- resurs markazi xodimlari, institut Ma’naviyat bo‘limi, Xotin- qizlar qo‘mitasi hamda Informatika yo‘nalishi professor–o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.
Tadbirni institut Ma’naviyat ishlari prorektori dotsent F.Axmedov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Falsafa fanlari doktori, professor S.To‘ychieva I.Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligiga qo‘shgan ulkan hissasi, u kishining sermazmun hayoti hamda faoliyatining yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida ma’ruza qildi.
Institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Uzoqova so‘zga chiqib, I.Karimovning ta’lim sohasini isloh qilish va modernizatsiyalash yo‘lidagi sa’yi-harakatlari yoshlarning turli sohalarda mamlakatimiz va jahon miqyosida ulkan yutuqlarini qo‘lga kiritishda muhim omil bo‘lib xizmat qilganligini alohida ta’kidladi.
Tadbirni Tarix o‘qitish metodikasi o‘qituvchisi F.Axchaev davom ettirib, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning bunyodkorlik va yaratuvchanlik fazilatlari haqida gapirib, yurtimizda bunyod etilgan binolar, inshoatlar, madaniy maskanlar to‘g‘risida shuningdek, yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida fikr yuritdi va talaba-yoshlarni I.Karimovning faoliyat xronikasi bilan yaqindan tanishishga, uning asarlarida ilgari surilgan konseptual g‘oyalarning jamiyat hayotidagi ahamiyatini to‘la o‘rganishga chaqirdi.
Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori dos.F.Ahmedov yakunlab, ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.