Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/06/2021
Chop etish
Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti va Jizzax davlat pedagogika instituti hamkorligi davom-etmoqda

Joriy yilning 14-15 iyun kunlari O‘zR FA Fizika-texnika instituti (FTI) direktori, professor Xusniddin Olimov Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida (JDPI) hizmat safarida bo‘ldi. Xusniddin Olimov mazkur institutning fizika va texnologik ta’lim fakultetida fizika va astronomiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya hay’at raisi sifatida qatnashdi.

Shuningdek Fizika-texnika instituti direktori institutning fizika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 1 va 3 kurs talabalariga “Hozirgi zamon fizikasining dolzarb muammolari” mavzusida bir yarim soatlik seminar-ma’ruza o‘tkazdi.Interaktiv tarzda o‘tgan ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi, talabalar tomonidan ko‘plab savollar berildi, barcha savollarga ma’ruzachi batafsil javob berdi. Ayniqsa, Olamning yaratilishiga olib kelgan “Katta portlashdan” bir necha mikrosekunddan keyin vujudga kelgan kvark-glyuon plazma holatidagi o‘ta issiq va zich materiya, uning temperaturasi Quyosh markazidagi temperaturadan tahminan yuz ming barobar ortiq bo‘lishi to‘g‘risida ma’ruza paytida berilgan ma’lumot talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Katta adron kollayderidagi (SERN, Shveysariya) rekord darajasidagi yuqori energiyali og‘ir qo‘rg‘oshin ionlari to‘qnashuvlarida hosil bo‘lgan o‘ta zich va issiq materiya, shu jumladan kvark-glyuon plazma, xossalarini batafsil o‘rganish hamda mukammal kuchli o‘zaro ta’sir nazariyasini yaratish hozirgi zamon fizikasining eng dolzarb muammolari qatorida bo‘lganligi ma’ruzada ta’kidlab o‘tildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-sonli qarorida fan va ta’lim integratsiyasiga oid belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti hamda Jizzax davlat pedagogika instituti o‘rtasidagi yadro va elementar zarrachalar fizikasi, jumladan yuqori energiyalar fizikasi sohasidagi qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda bakalavr va magistrlarni tayyorlash bo‘yicha yaqin hamkorlik 2003 yildan boshlangan bo‘lib, hozirgi kungacha muvaffaqiyatli davom etmoqda. Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot instituti hamda oliy ta’lim muassasasi ushbu sermahsul hamkorligi natijasida, yuqori energiyalar fizikasi sohasida 50dan ortiq qo‘shma ilmiy maqolalar va tezislar chop etildi, JDPIning fizika yo‘nalishidagi 30dan ortiq bakalavr hamda magistrlik dissertatsiyalariga muvaffaqiyatli ilmiy rahbarlik qilindi.


Ulashish:
722
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.
JDPU da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan pedagog xodimlar haqida ma’lumotnoma.
korrupsion_holat_sodir_etgan_xodimlar_bo’yicha_ma’lumotnoma
Dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 30-iyun kuni soat 14:00 da Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazining majlislar zalida 3-bosqich doktorant Qalandarova Safiya Tohirovnaning dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.