Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Ona tilim — faxrim, g‘ururim” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda universitet rektori, professor Maksudjan Yuldashev, Filologiya Pedagogika oliy maktabi professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori ochib berib, ona tilining milliy o‘zlik, ma’naviy meros va milliy qadriyatlarni asrab-avaylashdagi o‘rni haqida fikr bildirdi.




Tadbir dasturidan o‘rin olgan “Til — millat faxri” mavzusidagi ma’ruza, “Merosdan kelajakka” nomli taqdimot, she’riy kompozitsiyalar, musiqiy chiqishlar, milliy raqslar va sahna ko‘rinishlari ishtirokchilarga namoyish etildi. Talabalar tomonidan ijro etilgan badiiy chiqishlarda ona tiliga ehtirom, milliy g‘urur va Vatanga muhabbat g‘oyalari ifoda etildi.






Shuningdek, “Ona tilim — mening faxrim” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovida g‘olib bo‘lgan iqtidorli talabalar taqdirlandi.









Tadbir ona tilimizning nufuzini yuksaltirish, yosh avlodda tilga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash hamda milliy qadriyatlarga sadoqatni targ‘ib etishga xizmat qildi.
