Karera markazi
Karera markazi
|
17/10/2026
Chop etish
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI

Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.

Unda Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Mahmarasul Umarov, tumanlar sog‘liqni saqlash bo‘limlari rahbarlari hamda «O‘zmilliybank» AJning «Kelajakka qadam» dasturi mas’uli Orzubek Ergashev qatnashdi.

Uchrashuvda viloyat tibbiyot muassasalaridagi 500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni, bitiruvchilarni mutaxassisligiga mos ishga joylashtirish va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, bitiruvchilarga «Kelajakka qadam» dasturi orqali tadbirkorlikni boshlash va biznes loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari tushuntirildi.

Tadbir yakunida bitiruvchilar bandligini ta’minlash va ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

 


Ulashish:
38
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi. Unda Jizzax viloyati sog‘liqni...
JDPU rektori tibbiyot fakulteti talabalari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida universitet rektori, professor Maksudjan Yuldashevning Tibbiyot fakulteti talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
E’lon
Tangirov Ro‘ziboy Xudayshukurovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risidа