Jizzax davlat pedagogika universitetida rektor va talaba-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Filologiya fanlari oliy pedagogika maktabining 1-bosqich talabalari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi kelgusidagi rejalarini taqdim etdi.



Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va nomdor stipendiyalar haqida ma’lumot berilib, nomzodlarni saralash hamda hujjat topshirish tartibi tushuntirildi.






Muloqot davomida talabalar musiqiy va ijodiy to‘garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish , mashg‘ulotlar uchun xona ajratish, ustozlar bilan xorijiy davlatlarga tajriba almashish safarlarini tashkil etish, shuningdek, har bir ustoz shogird an’analarini davom ettirish bo‘yicha takliflarini bildirdilar.



Uchrashuv ijodkor talabalarning musiqiy chiqishlari bilan yakunlandi.









