Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/08/2026
Chop etish
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi asosida “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Musobaqalar doirasida sportning yengil atletika, voleybol, stol tennisi hamda shaxmat-shashka turlari bo‘yicha bellashuvlarga start berildi.

Voleybol bahslarida jamoalar o‘rtasida murosasiz va qizg‘in uchrashuvlar kechmoqda. Ishtirokchilar jamoaviy hamjihatlik, chaqqonlik va sport mahoratini namoyish etmoqda.

Stol tennisi bahslarida esa ishtirokchilarning tezkorligi, aniqligi va texnik mahorati sinovdan o‘tmoqda.

Shaxmat-shashka musobaqalarida professor-o‘qituvchilar va xodimlar strategik fikrlash, mantiqiy yondashuv hamda intellektual salohiyatlarini namoyon etmoqda.

Mazkur sport musobaqalarini tashkil etishdan asosiy maqsad — universitet jamoasi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat.

 

Musobaqalar davom etmoqda. Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.


Ulashish:
23
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...
Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.