Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/05/2026
Chop etish
“Talabalar bahori” musiqiy festivalining saralash bosqichi o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talabalar bahori” musiqiy festivali doirasida tanlovning 1-bosqich saralash jarayonlari tashkil etildi. Tanlov milliy cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik, estrada ijrochiligi hamda raqs yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Saralash bosqichida jami 100 nafardan ortiq talabalar ishtirok etib, chiqishlar sohaga oid mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar tomonidan baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, raqs yo‘nalishida 7 nafar, cholg‘u ijrochiligida 7 nafar, an’anaviy ijrochilikda 5 nafar hamda estrada yo‘nalishida 15 nafar talabalar festivalning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Festival universitet rektorining tashabbusi hamda tasdiqlangan nizom asosida tashkil etilmoqda.


Ulashish:
438
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...