Tashrifda mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etdi. Akkreditatsiyadan o‘tayotgan ta’lim dasturlari: Cholg‘u ijrochiligi, Turizm va mehmondo‘stlik, Sun’iy intellekt, Axborot tizimlari va texnologiyalari hamda Inson resurslarini boshqarish yo‘nalishlari hisoblanadi.
Ekspertlar va mas’ul xodimlar ishtirokida tanishuv uchrashuvi tashkil etildi. Shundan so‘ng ish beruvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim dasturlarining amaliy ahamiyati hamda bitiruvchilarda shakllanishi zarur kompetensiyalar muhokama qilindi.








Keyingi bosqichda har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida uchrashuvlar o‘tkazildi. Jarayon davomida o‘quv binolari, laboratoriyalar va moddiy-texnik baza o‘rganildi.









