Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/08/2020
Chop etish
“KREDIT-MODUL TIZIMIDA O`QUV JARAYONINI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISH: YANGI O`QUV YILIGA TAYYORGARLIK”

Chet tillar fakulteti, Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi

2020-yil  12-avgust kuni Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti rahbariyati vakillari hamda Ingliz tili amali kursi kafedrasi  professor-o’qituvchilari ishtirokida ”Yangi 2020-2021 o`quv yiliga tayyorgarlik va kredit-modul tizimida o`quv jarayonini rejalashtirish va tashkillashtirish” mavzusida onlayn majlis bo’lib o’tdi.

Onlayn majlisni Chet tillar fakulteti dekani prof. A.Mamatov ochib berdi. A.Mamatov barcha professor-o`qituvchilarga 2020 yil 6-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy ta’lim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020/2021 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish va undan kelib chiqadigan vazifalar to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotlar va qo’yilgan topshiriqlarni sifatli bajarish bo’yicha tavsiyalar berdi. A.Mamatov karantin tufayli masofaviy tarzda boshlanishi kutilayotgan yangi o’quv yili uchun texnik va texnologik imkoniyatlar, masofaviy dars o’tish sifatini oshirish, kredit-modul tizimiga o’tish, kafedra o`quv kurslarini jspi.moodle.uz platformasiga jolashtirish kabi masalalar borasida to`xtalib o`tdi.

Shundan so`ng onlayn majlisni Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi katta o`qituvchisi A.Jabborova yangi 2020-2021 o`quv yiliga tayyorgarlik rejalari aks etgan “Kredit-modul tizimida o`quv jarayonini tashkillashtirish va rejalashtirish” mavzusidagi taqdimoti bilan davom ettirdi.  Taqdimotda yangi o`quv yiliga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha Ingliz tili amaliy kursi kafedrasining  “Yo`l xaritasi” da belgilangan vazifalar va ularni ijro etish bo`yicha ko`rsatmalar berib o`tildi. Shuningdek, A.Jabborova o`z taqdimotida kredit –modul tizimi asosida o`quv jarayonini rejalshtirish, o`quv yuklamani rejalashtirish, yozgi semestrni tashkillashtirish, ECTSda xalqaro miqyosida qo`llaniladigan asosiy tushunchalar haqida ma`lumot berib o`tdi. Taqdimot so`ngida professor-o`qituvchilarda yuzaga kelgan savollarga javob berdi.

Onlayn majlis so`ngida barcha topshiriqlarning ijrosini o`z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo`yicha qarorlar qabul qilindi va majlisga yakun yasaldi.

 


Ulashish:
2 951
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda kibergigiyena va axborot xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kibersavodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda oliygohni «Kiberjinoyatlardan xoli hudud»ga aylantirish maqsadida dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida amaliy yig‘ilish...
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ta’lim infratuzilmasi bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida universitet fakultetlari, bo‘limlari va tegishli obyektlarida tayyorgarlik holati kompleks...
Mustaqillikning 35-yilligi tantanalari arafasida Bo‘ston shaharchasida JDPU tasarrufidagi 100 o‘rinli MTT foydalanishga topshirildi
Tantanali marosimda Zarbdor tumani hokimligi vakillari, nuroniylar, universitet faxriylari, tegishli soha mas’ullari, professor-o‘qituvchilar hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.