Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/02/2026
Chop etish
JDPUda giyohvandlikka qarshi profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida keng qamrovli profilaktik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalar ongida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni zararli odatlardan yiroq bo‘lishga undash hamda giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining salbiy ijtimoiy-huquqiy oqibatlari haqida tushunchalarini yanada kengaytirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida tibbiyot mutaxassislari hamda huquq-tartibot idoralari vakillari tomonidan giyohvandlikning inson salomatligiga, oila va jamiyat barqarorligiga ta’siri, shuningdek, qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Savol-javoblar orqali talabalarning mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

Tadbir so‘ngida universitetning “Ilhom” talabalar teatr-studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan “Kech” nomli spektakl namoyish etildi. Mazkur sahna asari giyohvandlikning og‘ir va qaytarilmas oqibatlarini badiiy talqinda yoritib, tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi.

Ushbu tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini qaror toptirish va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim ma’naviy-ma’rifiy tashabbus sifatida ahamiyat kasb etdi.


Ulashish:
1 795
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.
Giyohvandlikka qarshi kurash — umumxalq vazifasi.
JDPU madaniyat saroyida Ogog‘lik ma’sulliyat barqarorlik asosi mavzusida profilaktik tadbiri tashkil etildi.
Rivojlangan davlatlar boshlang‘ich ta’lim tizimi bo‘yicha qo‘shma onlayn dars o‘tkazildi.
JDPU Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti D. Farsaxonova va o‘qituvchi N. Quvonova tomonidan 1-bosqich magistrantlari ishtirokida Turkiyaning Karamanog‘li Mehmetbey universiteti dotsenti Özlem Yılmaz Demirel hamda...