Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/05/2020
Chop etish
26 may havo harorati tarixiy rekordni yangiladi…

26 may kuni Respublikaning barcha hududlarida havo harorati tarixiy rekordni yangiladi

Kecha, 26 may kuni Respublikaning deyarli barcha mintaqalarida havo harorati bo‘yicha oylik rekordni yangilandi.
Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

“O‘tgan dam olish kunlaridan boshlab O‘zbekiston hududida havo juda isidi. Harorat kundan-kunga ko‘tarilib, kecha 26 may kuni 35-39 darajani, janubda 39-40 darajani tashkil qildi. Eng yuqori haroratlar Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzatildi, bu joylarda kunduzi havo 40-42 darajagacha, ayrim cho‘l tumanlarida 44 darajagacha qizidi.

Bunday harorat ko‘rsatkichlari O‘zbekistonda may oyining oxiri uchun xos emas. Respublikaning deyarli barcha mintaqalarida shu kunning harorat rekordlari qayd etildi“ deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston shimolida ayrim joylarda butun oy uchun maksimal haroratning yangi rekordlari qo‘yildi. Boshqacha qilib aytganda, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidagi ko‘pchilik meteorologik stansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra 2020 yil 26 mayda qayd etilgan bunday yuqori oylik harorat avval hech qachon kuzatilmagan.

Toshkentda, masalan, may oyida eng yuqori harorat 39,9 daraja bundan ancha oldin 1902 yilda qayd etilgan. Oxirgi 20 yil ichida eng yuqori oylik harorat 2004 yilda kuzatilgan va 38,6 darajani tashkil qilgan. Qolgan kuzatuv yillarida eng issiq yillarda Toshkentda may oyidagi harorat 37 darajadan yuqori bo‘lmagan. Respublika janubida bu yil may oyi oxirining haroratlari hoynahoy o‘z rekord qiymatlari 43-44 darajaga yetmaydi.

Oyning oxirigacha Respublikada asosan quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikamizning shimoli va cho‘l zonasida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-39 daraja atrofida bo‘ladi, mamlakatimiz shimoli, janubi va cho‘l zonasida 40-42 darajagacha ko‘tariladi. 29–30 may kunlari harorat bir oz (2-3darajaga) pasayadi. Yozning boshida ob-havoda sezilarli o‘zgarish bo‘lmaydi.

Avvalroq, ertaga, 28 may kuni havo harorati 42 darajagacha chiqishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

( manba qalampir.uz internet nashridan olindi)

 


Ulashish:
930
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida malaka oshirishmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib...
Jizzax davlat pedagogika universitetida texnikum bitiruvchilari bilan suhbat boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’limga kirish istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari start oldi. Joriy yilda turli texnikumlarni tamomlagan 134 nafar nomzod hujjatlarni...
JDPUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ish boshladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha...