Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/05/2021
Chop etish
“2021 yil bitiruvchilariga murojaat”

“2021 yil bitiruvchilariga murojaat”loyihasining birinchi ishtirokchisi  institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Nazarqosimov maktab bitiruvchilarga o‘z tilaklarini bildirdi. Ushbu murojaatni e’tiboringizga havola etamiz.

 

O‘zingizni bitiruvchi deb tasavvur qilsangiz, o‘zingizga nimalarni maslahat berardingiz?

Avvalo, bitiruvchi emas talaba bo‘lib qolganimda birinchi galda til kompetensiyamni musatahkamlash yo‘lida harakatimni boshlar edim. Sababi ta’lim yo‘lidagi har bir ulkan ishlar zaminida ko‘proq tillarni bilish zaruriyati yotadi. Dunyo eshiklarini ochib bilim ummoniga sho‘ng‘ish uchun dunyoda yaratilgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishish muhimdir. Men bakalavrda tahsil olgan vaqtda talabalar uchun bugungidek imkoniyatlar eshigi ochilmagan, mavjudlari ham jamoat ishlari ta’sirida qolib ketardi (paxta, chopiq, ko‘chadagi shanbaliklar….). Bugun yoshlar uchun o‘qish va o‘z ustida ishlashdan boshqa qo‘shimcha vazifaning o‘zi yo‘q.

Bitiruvchi bo‘lish baxtli hayot uchun bir dastakdek ko‘rinsada, uning ma’suliyati og‘ir. Oliy ta’limni nihoyasiga yetkazayotgan talaba o‘z xayot yo‘lini o‘rtasida turibdi. Chunki uning uchun tanlov imkoniyati deyarli hal bo‘lgan. Uning diplom egasi sifatida emas, unda jamiyatga tayyor kadr nigohi shakllangan bo‘lish kerak. Bitiruvchi eng asosiysi yaratuvchi, yurt, vatan ravnaqiga xizmat pog‘onasida  turganligini unutmasligi kerak.

Yangi avlod vakillari qanday uchta muhim hislatlarga ega bo‘lishlari kerak?

Ochiqlik va bag‘rikenglik, samimiylik va pozitiv fikrlashning o‘zi yetarli deb uylayman.

 

2020-2021 o‘quv yili bitiruvchilariga maslahat va tilaklaringiz

Aziz talabalar! Siz o‘zingiz uchun xayot ustunlarini barpo etish pallasida turibsiz, ushbu yo‘lda sabr va matonat bilan olg‘a borishingizni, eng asosiysi ilmdan olgan quvvatingizni doim boyitib borishdan charchamang. Garchi bilimga sarflangan sarmoya daromad keltirmasdan qolmaydi.  Inson hohlasa buyuk ishlarni amalga oshirishga hamma vaqt qodir ekanligini unutmang. Siz pedagog sifatida nafaqat o‘qib o‘zlashtirishingiz shu bilan birga o‘zgalar yetkazish mahoratiga ham ega bo‘lmog‘ingiz kerak.

Sizlarga ulkan sog‘lik-salomatlik tilayman.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor

S.Nazarqosimov

Brave Browser Download


Ulashish:
1 003
Boshqa rubrikalarda mashhur

Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.
JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...