Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/11/2022
Chop etish
17 noyabr Xalqaro talabalar kuni!

Uning tarixi haqida nimalarni  bilasiz?

1946 yil 17 noyabr Praga shahrida butundunyo talabalar kongresida tasdiqlangan. Albatta, bu bayramni yoshlik, xushchaqchaqlik va romantika deb esga olinadi. Lekin uning tarixi ikkinchi jahon urushi vaqtida Chexoslavakiyada boshlangan fojeali voqealarga bog‘liq. 17 ноября Международный день студентов

1939 yil 28 oktabrda fashistlar tomonidan Chexoslovakiyaning Praga shahridagi talabalar va ularning o‘qituvchilari Chexoslavakiya davlatining ta’lim bayramini(1918 yil 28 oktabr) nishonlash uchun namoyishga chiqqanlar. Bosqinchilar namoyishchilarni tarqatib yubordilar. Lekin shu to‘polonda tibbiyot fakultetining talabasi Yan Opletal otib o‘ldirilgan. 1939 yil 15 noyabr Yan Opletalni dafn etish marosimi norozilik namoyishiga aylanib ketdi. 17 noyabr kuni ertalab gestapochilar va eseschilar talabalar yotoqxonasini o‘rab oldilar. 1200 dan ortiq talabalar hibsga olinib, Zaksenxauzen konslageriga qamalganlar. 9 ta talabalar harakatining faollari Ruzine rayonidagi qamoq devorlari orasida, sudsiz o‘ldirilgan. Bundan tashqari, urushning oxirigacha Chexiyadagi hamma oliy o‘quv yurtlari yopilgan. Bu voqealarga asoslanib, butundunyo talabalar kongressida xalqaro talabalar kunini o‘tkazish belgilandi. Hozirga kelib, dunyoning ko‘pgina davlatlari bu bayramni nishonlaydi.

 


Ulashish:
2 530
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.