Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Sobiq bitiruvchilar uchun Press tur tashkil etildi.

Press-turda universitetda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, xususan, yangi ish boshlagan Registrator ofisi, kutubxona faoliyati hamda universitet tuzilmasi qoshida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi ishtirokchilarga tanishtirildi. Dastlab mehmonlar eng zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan, 50 ming kitobni o‘ziga sig‘dira olgan kutubxona bilan tanishdilar. Shundan keyin  tarixiy qahramonlarimiz, qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida faoliyat yuritayotgan muzeyda bo‘lishdi. Shuningdek, press-tur qatnashchilari respublika miqyosida birinchilardan bo‘lib Jizzax davlat pedagogika universitetida ochilgan Registrator ofisida joriy qilingan yangilanishlar bilan tanishishdi.   Mehmonlar Registrator ofisida jarayonlarini yaqindan kuzatdilar, xodimlar bilan tanishib, yetakchi mutaxassislar bilan suhbatlashdilar. Talabalar uchun yaratilgan qulayliklar qay darajada aniqlik bilan tashkil etilganligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Bu yerda mehmonlarga tashkil etilgan 6 ta sektorining to‘liq faoliyati to‘liq tanishtirildi.Press-turda sobiq bitiruvchilar hamrohligida Axborot xizmati rahbarlari, OAV vakillari va blogerlar qatnashdi. “men ham shu oliygoh bitiruvchiman. Bugungi tadbirda juda ko‘plab tanish chehralarni ko‘rib dilim ravshan tortdi. Fikrimcha, bugungi tadbirga shu dargohning taqdiriga befarq bo‘lmagan,  yutuqlaridan quvongan, kuyinchak o‘z so‘ziga ega, yurtimizning turli go‘shalarida ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan hamkasblarimiz, boshqa sohalarda ham jonkuyarlik bilan mehnat qilayotgan bitiruvchilarimiz  tashrif buyurishgan. Bu uchrashuvni tashkil etishimizdan maqsad o‘zimizdagi bor imkoniyatlarni ko‘rsatish va yanada rivojlanish uchun nimalarga e’tibor qaratishimizni bilish. Bu ishda esa sobiq bitiruvchilarimizning bildirgan har bir so‘zi, taklifi va tavsiyasi juda muhim”, -deydi universitet rektori Sh.Sharipov Sobiq bitiruvchilarni bir joyga jamlagan, diydor va shodlikni tuhfa etgan forum haqiqiy bayramga aylanib ketdi. Fikrlarimizni tadbirning tantanali qismida Universitetini bitirib, ayni paytda yuqori natijalarga erishgan bitiruvchilarning dil so‘zlari tasdiqlaydi. Bir so‘z bilan aytganda  Barchani birdek hayratlantirgan, eng muhimi quvontirgan “Bitiruvchilar forumi” ko‘ngillardan joy oldi. Hali ko‘p yillar o‘zgacha zavq va shavq bilan hikoya qilinadigan, ishtirokchilarning xotirasida bir umrga muhrlangan diydorlashuv bayrami bo‘lib qoladi.