Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/05/2021
Chop etish
“Zamon va ta’lim” mavzusida ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.

Shiddat bilan rivojlanayotgan zamon ta’lim oldiga ham qator talablarni qo‘ymoqda-ki, bu o‘qituvchilardan o‘zgarishni, zamonga moslashishni, hayot bilan hamnafas yashashni talab etmoqda.

Jamiyatimizda o‘qituvchi maqomini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda. Mazkur masalaga prezident darajasida e’tibor berilmoqda.

Ammo “Xolva degan bilan – og‘iz chuchimaydi” degenlaridek biz o‘qituvchilar ham o‘z bilimimizni oshirmas ekanmiz, o‘z ustimizda ishlamas ekanmiz, ijtimoiy hayot bilan hamnafas yashamas ekanmiz – ko‘zlangan maqsadga erisha olmaymiz.

 

Nima qilish kerak? Nimaga e’tibor qaratish zarur? O‘qituvchi maqomini yuksaltirish omili nimalarga bog‘liq? Shu va shu kabi savollar  muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq ma’ruza darsini institu Yoshlar bilan ishlash prorektori S.Nazarqosimov ochib berdi. Bo‘lajak olimlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan ma’ruza darsini   Pedagogika ta’limi nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi A.Qayumov boshqarib bordi. O‘tilgan dars mavzusi  ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Ushbu ma’ruza darsidan kutilgan natija bitta, u ham bo‘lsa ishtirokchilar pedagogik faoliyatida ta’lim berishga kreativ yondoshuv va o‘quvchilarga samarali ta’sir ko‘rsatish. Ochiq ma’ruza darsida institut doktorantlari, maktab o‘qituvchilari ishtirok etdi.


Ulashish:
1 626
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...