Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

YOSH DZYUDOCHI QIZLARNI MASHG‘ULOT TURLARI JARAYONIDA JISMONIY TAYYORGARLIK SIFATINI OSHIRISH TEXNOLOGIYALARI

  Meliev Xamidulla Abdullaevich, Jizzax davlat pedagogika universiteti, kafedra mudiri, p.f.n., professor. meliyev1953@mail.ru Matmurodova Iroda, Jizzax davlat pedagogika universiteti, o‘qituvchi. Meliev Xamidulla Abdullaevich, Djizakskiy gosudarstvennыy pedagogicheskiy universitet, zaveduyuщiy kafedroy, k.p.n., professor. meliyev1953@mail.ru Matmurodova Iroda, Djizakskiy gosudarstvennыy pedagogicheskiy universitet, prepodavatel. Meliev Khamidulla Abdullaevich, Jizzakh State Pedagogical University, head of the department, Ph.D., professor. meliyev1953@mail.ru Matmurodova Iroda, Jizzakh State Pedagogical University, teacher.   Kalit so‘zlar: Sport, jismoniy, jismoniy tayyorgarlik, ma’naviy sog‘lom, sog‘lom muhit, dzyudo, mashg‘ulot, mashg‘ulot turlari, texnologiya, dzyudochi qizlarni faoliyatini o‘rganish. Klyuchevыe slova: Sport, fizicheskaya podgotovlennost, duxovnoe zdorove, zdorovaya sreda, dzyudo, trenirovka, vidы trenirovok, texnologiya, izuchenie deyatelnosti dzyudoistok. Key words: Sport, physical, physical training, spiritual health, healthy environment, judo, training, types of training, technology, studying the activities of judo girls   Jahonda amalga oshirilayotgan qator islohotlar zamirida xalqning turmush tarzini yaxshilash, aholining barcha qatlamlarida ma’nan va jismonan sog‘lom muhitni yaratish, salomatlikni mustahkamlash g‘oyasi yotibdi. Shu bois ayni paytda jismoniy tarbiya va sportga e’tibor davlatlar ahamiyatga molik muhim ijtimoiy-siyosiy vazifaga aylangan. Sport nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lomlik asosi, balki hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni turli zararli yot g‘oya va odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyati va iste’dodlarini to‘la ro‘yobga chiqarish vositasi hamdir. Halqaro miqyosida jismoniy tarbiya tizimining eng muhim global bu sotsiomadaniy yo‘nalishlari nazariyasi, shaxsning jismoniy jihatdan o‘sishi va rivojlantirishning pedagogik qonuniyatlari, yoshga oid psixologik hususiyatlari, jismoniy tarbiya darslariga va BO‘SM qo‘yiladigan umumdidaktik va hususiy talablari, mashg‘ulotlarni texnologik yondashuvlar asosida takomillashtirish yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar jismoniy tarbiya darslarida, sport seksiyalarida psixojismoniy reablitatsiya ga va rekreatsiyaga qaratilgan bilimlar, ko‘nikmalarni rivojlantirish orqali o‘quvchilar va sportchilarni aqliy faoliyat qobiliyatlari darajasini oshirish, pirovard natijada ta’lim sifatini ta’minlashga xizamt qilmoqda. Shu bilan birga jahonda o‘g‘il va qizlar sport turlari bo‘yicha sport seksiya va musobaqalar tashkil etilgan hamda ular o‘rtasidagi talab, normativlar yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, O‘zbekistonni xalqaro sport maydonlarida munosib ravishda tanitish maqsadida barcha hududlarda keng ko‘lamli ishlar olib borilayotir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusida ikkinchi tashabbus “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan”ligi aynan sport yo‘nalishga qaratilgani ham buni yaqqol isbotlab turibdi. Mamlakatimizning chekka, qishloq hududlarida jahon andozalariga mos sport inshootlarining barpo etilishi, o‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iboart “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalari va sport to‘garaklarining tizimli tashkil etib borilayotgani o‘z samarasini bera boshladi – O‘zbekiston vakllarining Olimpiya o‘yinlari, Jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari hamda xalqaro musobaqalarda qo‘llari baland kela boshladi. O‘zbeksiton Respublikasining 2015 yil 4 sentyabrdagi O‘RQ-394-son “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbeksiton Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”, 2018 yil 5 martdagi PF-5368-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-son “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 yanvardagi 65-son “O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish to‘g‘risida”, 2019 yil 13 fevraldagi 118-son “2019-2023 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qarorlarida, “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”da hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni mazkur tadqiqot ishiga nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatmizda va chet ellik mualliflarning ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o‘rganish, tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, yosh sportchilarni tayyorlash tizimiga, hususan, turli yoshdagi bolalar va qiz-o‘g‘illar tarbiyalash jarayoniga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Respublikamiz olimlaridan bolalar sportiga bag‘ishlab ilmiy-tadqiqot ishlarni T.S.Usmanxo‘jaev, A.K.Ataev, Yu.M.Yusupova, F.Xodjaev, S.G.Arzumanov, I.K.Shamsieva, F.Axmedov, X.A.Meliev, T.T.Yunusov, Sh.X.Xonkeldiev, I.A.Koshbaxtiev, R.S.Salomov, A.Olimov va boshqalar olib borishgan. Sport turlari, ya’ni yakka kurash turlari bo‘yicha (kurash, dzyudo, sambo va boshqalar) ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar A.K.Ataev, F.A.Kerimov, Sh.A.Arslonov, A.J.Tangriev, A.M.Abdiev, M.M.Maxmudova, Z.B.Boltaev, L.P.Yugay, X.Meliev, A.X.Akramov, J.Toshpo‘latov, K.Yusupov, R.G.Axmedshin, M.Ruziev, R.Xolmuhammedov, J.Tursunov, MDH va xorij olimlari F.P.Filin, A.B.Sunik, O.A. Akopyan, V.M.Eganov, A.V.Ivanov, V.V.Izvekov, R.Marks, V.G.Manoloki, A.Avitisyan, A.Vileyko, A.Misyunes, M.Begoshevskiy va boshqalar… Biroq biz tanishishimiz mumkin bo‘lgan ilmiy adabiyotlar orasida dzyudo bo‘yicha asosan yosh dzyudochi qizlarni (o‘zbek millatiga mansub) jismoniy tayyorgarlik sifatlarini oshirishga bag‘ishlangan ishlar yo‘qligi kuzatildi. Shuning uchun ham mazkur muammoning dolzarbligi va yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi uning nazariy va amaliy ahamiyati mavzumizni tanlash imkoniyatini berdi. Mavzuni maqsadi: Yosh dzyudochi qizlarni mashg‘uloti turlari jarayonida jismoniy tayyorgarlik sifatini oshirish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat. Maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni belgilab oldik: – yosh dzyudochi qizlarni mashg‘ulot turlarini aniqlashtirish va tahlili; – yosh dzyudochi qizlarni jismoniy tayyorgarlik holati va innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish; Ilmiy-tadqiqot ishimizda quyidagi usullardan foydalandik: Adabiyotlardan olingan ma’lumotlarni nazariy tahlil qilish va umumlashtirish instrumental (dinomometriya), kuzatish, ijtimoiy so‘rovnoma, mashg‘ulot jarayonlarini o‘rganish, umumlashtirish, dzyudochi qizlarni faoliyatini o‘rganish, tahlil qilish, dzyudochilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi darajasini pedagogik testlash, pedagogik tajriba, matematik-statistik tahlil qilish.