Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/07/2026
Chop etish
Jizzaxda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi

Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida test sinovlari ikki smenada o‘tkazilmoqda.

Birinchi kunning ertalabki smenasida 700 nafardan ortiq abituriyent test sinovlarida ishtirok etyapti.

Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi hamda belgilangan mas’ullar test sinovlari jarayonida jamoat tartibini ta’minlash, abituriyentlar va ularning kuzatuvchilariga tashkiliy ko‘mak ko‘rsatish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Test sinovlari o‘tkazilayotgan hududda abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan ota-onalar va kuzatuvchilar uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan.

Ular uchun maxsus kutish joylari tashkil etilgan bo‘lib, badiiy jamoalar ishtirokidagi madaniy-konsert dasturlari namoyish etilmoqda.


Ulashish:
4 534
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida universitet Rus tili va adabiyoti kafedrasi taşkilotçiligida “Madaniyatlararo va fanlararo makonda rus filologiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Rektorning talabalar turar joyiga taşrifi davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori professor Maqsudjon Yuldaşevning talabalar turar joylaridagi şaroitlarni örganişga qaratilgan taşriflari davom etmoqda. Bu galgi manzil — 1 sonli talabalar turar...
JDPU rahbariyati 5-sonli talabalar turar joyida talabalar bilan oçiq muloqot ötkazdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjan Yuldaşev boşçiligidagi rahbariyat vakillari 5-sonli talabalar turar joyida bölib, talaba-yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.