Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/07/2026
Chop etish
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi

Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish va qabul qilish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Hamkorlik doirasida: xalqaro qo‘shma ta’lim — Double Degree dasturlarini rivojlantirish, Foundation va tayyorlov dasturlarini tashkil etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va xalqaro ta’lim dasturlariga yo‘naltirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar akademik mobilligini kengaytirish, qo‘shma ilmiy, innovatsion va xalqaro grant loyihalarini amalga oshirish, abituriyentlarni xalqaro ta’lim dasturlariga sifatli tayyorlash ko‘zda tutilgan.

 

Mazkur hamkorlik yoshlar uchun xalqaro standartlarga mos ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish hamda universitetning xalqaro aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
3 034
Boshqa rubrikalarda mashhur

Nogironlar huquqlari — har bir nogironligi bo‘lgan shaxsning huquq va erkinliklari
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Nogironlar huquqlari – har bir nogironligi bo‘lgan shaxs hech qanday cheklashlarsiz ega bo‘lishi lozim bo‘lgan huquq va erkinliklardir» mavzusida davra suhbati...
Bitiruvchi talabalar uchun ish beruvchilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim oliy maktabida bitiruvchi bosqich talabalarining ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
JDPUda «Besh tashabbus olimpiadasi»ning universitet bosqichiga start berildi
Tadbirni universitet rektori Maksudjan Yuldashev ochib berdi.