Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/05/2020
Chop etish
Xotira va qadrlash kunini ommaviy tarzda nishonlash taqiqlanadi.

Respublika maxsus komissiyasi ayrim fuqarolar va jamoat tashkilotlari tomonidan 9 may — Xotira va qadrlash kunida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulug‘ faxriylarimizni ushbu bayram munosabati bilan tabriklash va ularning holidan xabar olish yuzasidan berilayotgan ko‘plab savollari bo‘yicha quyidagilarni ma’lum kiladi:

Bugungi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo va boshqa ko‘plab xorijiy mamlakatlar tomonidan 9 may kuni bayram tadbirlari o‘tkazishda fuqarolarning jamoat joylarida to‘planishi bo‘yicha qat’iy cheklovlar qo‘llanilayotganligi, shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga asosan koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish yoshi kattalarda og‘ir kechishini inobatga olib, hududlarda «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratgan holda tabaqalashtirilgan karantin cheklovlaridan qat’iy nazar, barcha hududlarda 9 may — Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulug‘ faxriylarning holidan xabar olish TAQIQLANADI va barchamiz uchun ulug‘ ushbu bayramni faqat oila davrasida nishonlash tavsiya etiladi.

Ta’kidlash joizki, ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini bayram munosabati bilan tabriklash va rag‘batlantirish tadbirlari sanitariya talablariga rioya qilgan holda davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi ta’minlanadi.

“Bundan tashqari, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida jamoat joylarida harakatlanishda, savdo do‘konlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash, shuningdek, uch kishidan ko‘p shaxslarning to‘planishi bo‘yicha talablar saqlanib qolganligi, ushbu talablarni buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi mumkin”,— deyiladi xabarda.

                  Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
905
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ta’limda sun’iy intellekt va raqamlashtirishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman
Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika, psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti tomonidan “Ta’limda sun’iy intellekt va raqamlashtirish: zamonaviy pedagogik muammolar va yechimlar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman...
Ustozga ehtirom-avlodlarga ibrat…
Jizzax davlat pedagogika universiteti Magistratura bo‘limida «Ustozga ehtirom» shiori ostida «Yangi O‘zbekiston — yoshlar nigohida» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Ustozlarning boy hayotiy va kasbiy tajribasini...
🇺🇿🇺🇸 JDPUda AQSH elchixonasi vakili va Fulbright ETA dasturi ishtirokchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida AQSH elchixonasi vakili Regina Yulaeva hamda Fulbright ETA dasturi doirasida universitetga jalb etilgan ingliz tili o‘qituvchisi yordamchisi McClay Joseph Sommers bilan...