Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/05/2020
Chop etish
# Xotira muqaddas, qadr aziz..

Jizzax davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi marhum  ustozlarni  xotirlaydi.

 

Kunlar-kunlarni, yillar-yillarni quvib, bu ko‘hna charxi falak shu sirli koinot yaralganidan beri aylangani-aylangan. Ayni shu  hodisa insonning abadiy –  emasligini, shuurimizda esa  xotira degan tushunchani paydo qilgan bo‘lsa,  ne ajab. Negaki xotiragina o‘tganlarni eslash, bugunni kechaning yodi bilan to‘ldirish, ya’ni uni yanada boyitish imkonini beradi. Xotira – odamlarning vafotidan keyin ham bu dunyoda yashashi uchun imkon beradigan birdan-bir makon. Odamlar – ortda qolganlar xotirasida yashashga intilish ilinji kishini tarbiyalaydi. Uni ezguliklarga, kishilarning biror-bir koriga yarab qolishga, umrni zoe ketkazmaslikka undaydi.

Shunday kishilar tirikligida ham qadr topadi. Xalq hech qachon yaxshi farzandlarini esdan chiqarmaydi. Xalqning xotirasiz yashashi aslo mumkin emas…

Endi kimki insonligini esga olmoqchi, umrning o‘tkinchiligini, bir lahza bo‘lsin, dildan his etmoqchi, hayotini bekorga o‘tkazmaslikni bilmoqchi bo‘lsa, pok ruhlar kezib yurgan muqaddas makonlarni, o‘zi uchun qadrli bo‘lgan ustozlari va yaqinlarini ziyorat qilsin.

Xotira va Qadrlash kunini munosib nishonlashdan ko‘zlagan  maqsadimiz – Vatan himoyachilarini xotirlash, oramizdagi fidoyi insonlarning, tinchlikning qadriga yetish, urushni qoralash, tinch-osoyishta yashayotganimiz, turmush farovonligini ta’minlash uchun ter to‘kib, unumli mehnat qilayotganimizning shukronasini qilishdan iborat.

Bu har qanday kishini ma’nan rag‘batlantiradi, uni yashashga, yaratishga, elu yurtga sadoqat va qat’iyat bilan xizmat qilishga undaydi.

Zero xotira hamisha muqaddas, qadr azizdir!!!

 

             Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati .

 


Ulashish:
846
Boshqa rubrikalarda mashhur

🇰🇷 JDPU Koreya ta’lim markazi hamkorlik kengashida faol ishtirok etdi
Toshkent shahridagi Koreya ta’lim markazida koreys tili yo‘nalishi mavjud oliy ta’lim muassasalari ishtirokida 1-Hamkorlik kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda Jizzax davlat pedagogika universiteti Ilmiy ishlar va...
JDPU talabalari “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” respublika bosqichiga kuzatildi
Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan mazkur olimpiadada respublikadagi 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi ishtirok etgan bo‘lib, saralash bosqichlari yakunlariga ko‘ra 79...
“San’atimiz sarhadlaridan sadolar” — jonli ijrodagi konsert dasturi yuqori saviyada o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish, milliy madaniyatimizni keng targ‘ib etish bo‘yicha belgilangan vazifalari hamda 1-iyun kuni madaniyat va san’at xodimlari...