Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/07/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish hamda psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga muddatidan oldin barham berish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida universitetda tashkil etilgan profilaktik murojaat qutilari faoliyati, profilaktika inspektorlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida 2025/2026 o‘quv yili davomida bajarilgan chora-tadbirlar samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, yangi 2026/2027 o‘quv yilida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan agentlik mutaxassislari tomonidan tegishli tavsiya va amaliy maslahatlar berildi.


Ulashish:
707
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.