Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/01/2022
Chop etish
Yuraklarda iftixor uyg‘otgan bayram

Jizzax davlat pedagogika isntitutida bo‘lib o‘tgan bayram tadbiri  “Vatanparvarlik oyligi”ga hamohang tarzda tashkil etildi.

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30  yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab Jizzax davlat pedagogika institutida ham  madaniy –ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazildi.

Shuningdek sana munosabati  bilan institutda mehnat qilayotgan Afg‘on urushi, Chernobil halokati hamda zaxirdagi ofitserlarni taqdirlash marosimi tashkil etildi. Tantanali tadbirini  institut rektori ochib berdi u o‘z so‘zida  Yurt tinchligi, osmonimiz musaffoligi, davlatimiz chegaralarining daxlsizligini ta’minlovchi qudratli kuch – Vatan himoyachilari kuni bayramining alohida qadr-qimmati, ahamiyati, o‘rni borligini.  “Vatan himoyachilari kuni” bayrami nafaqat harbiylarning, balki har bir yigitning, har bir bo‘lajak Vatan himoyachisining va ularni dunyoga keltirgan onalari, doimo duogo‘y bo‘lgan ota-bobolarining ham haqiqiy milliy bayrami ekanligini alohida ta’kidladi .

“Albatta, Vatanning har qarich yeri biz uchun aziz. Ana shu yurt, uning buguni va kelajagi uchun jon fido etgan buyuk ajdodlarimiz, ularning ezgu ishi hech qachon unutilmaydi.Ularning davomchilari bo‘lmish Vatan himoyachilari haqli ravishda yurtning faxri va iftixori sanaladi. Sizning o‘z xizmat vazifangizni bekamu-ko‘st bajarishda barcha sharoitlarni muhayyo qilib, farzand tarbiyasidan boshlab oiladagi barcha tashvishlarni o‘z zimmalariga olib, sharaf bilan bajarib kelayotgan turmush o‘rtoqlaringizga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Barchangizga ana shunday tinch-farovon zaminni uzoq yillar qo‘riqlash nasib qilsin. Bayramingiz muborak bo‘lsin azizlar! ”, -deydi institut rektori Sh.Sharipov

 

Shundan so‘ng bir Afg‘on urushi, Chernobil halokati qatnashchilari hamda bir guruh zaxiradagi ofitserlarga  faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir so‘ngida so‘z olgan profesor-o‘qituvchilar bu bayram aslida  Vatan fidoyilari, Vatanni asraguvchilar, yuksaltirguvchilar va uni jon-u dildan sevguvchilar bayrami ekanligini ta’kidlashdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 

 


Ulashish:
916
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.