Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/05/2020
Chop etish
# Xotira muqaddas, qadr aziz..

Jizzax davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi marhum  ustozlarni  xotirlaydi.

 

Kunlar-kunlarni, yillar-yillarni quvib, bu ko‘hna charxi falak shu sirli koinot yaralganidan beri aylangani-aylangan. Ayni shu  hodisa insonning abadiy –  emasligini, shuurimizda esa  xotira degan tushunchani paydo qilgan bo‘lsa,  ne ajab. Negaki xotiragina o‘tganlarni eslash, bugunni kechaning yodi bilan to‘ldirish, ya’ni uni yanada boyitish imkonini beradi. Xotira – odamlarning vafotidan keyin ham bu dunyoda yashashi uchun imkon beradigan birdan-bir makon. Odamlar – ortda qolganlar xotirasida yashashga intilish ilinji kishini tarbiyalaydi. Uni ezguliklarga, kishilarning biror-bir koriga yarab qolishga, umrni zoe ketkazmaslikka undaydi.

Shunday kishilar tirikligida ham qadr topadi. Xalq hech qachon yaxshi farzandlarini esdan chiqarmaydi. Xalqning xotirasiz yashashi aslo mumkin emas…

Endi kimki insonligini esga olmoqchi, umrning o‘tkinchiligini, bir lahza bo‘lsin, dildan his etmoqchi, hayotini bekorga o‘tkazmaslikni bilmoqchi bo‘lsa, pok ruhlar kezib yurgan muqaddas makonlarni, o‘zi uchun qadrli bo‘lgan ustozlari va yaqinlarini ziyorat qilsin.

Xotira va Qadrlash kunini munosib nishonlashdan ko‘zlagan  maqsadimiz – Vatan himoyachilarini xotirlash, oramizdagi fidoyi insonlarning, tinchlikning qadriga yetish, urushni qoralash, tinch-osoyishta yashayotganimiz, turmush farovonligini ta’minlash uchun ter to‘kib, unumli mehnat qilayotganimizning shukronasini qilishdan iborat.

Bu har qanday kishini ma’nan rag‘batlantiradi, uni yashashga, yaratishga, elu yurtga sadoqat va qat’iyat bilan xizmat qilishga undaydi.

Zero xotira hamisha muqaddas, qadr azizdir!!!

 

             Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati .

 


Ulashish:
881
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish hamda psixotrop moddalarning...
G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga...
JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.