Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/10/2017
Chop etish
Xotira mangudir qadr muqaddas

2017 yil 17 oktyabr kuni Jizzax DPI Pedagogika fakultetida Sharof Rashidovning 100 yilligiga bag‘ishlangan fakultet professor o‘qituvchilari va talabalar bilan hamkorlikda “Xotira mangudir qadr muqaddas” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori dots.F.Axmedov ishtirok etib o‘z kirish so‘zi bilan ochib berdi. F.Axmedov o‘z ma’ruzasida Sharof Rashidov o‘zbek xalqi tarixi va madaniyatida o‘ziga xos o‘ringa egaligi va uning ijodini barcha yoshlar o‘rganishi lozimligini aytib o‘tdi.

Fakultet dekani p.f.n..N.Kushvaktov ushbu tadbirning ahamiyati va yosh avlodga yetkazish masalasida ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi T.Ikromov Sharof Rashidov bilan bo‘lgan uchrashuvni so‘zlab berib, talabalarni xayratda qoldirdi. Shundan so‘ng talabalar tomonidan Sharof Rashidov ijodidan lavhalar, she’rlar va badiiy chiqish namoyish etildi.

Sharof Rashidov muzeyidan olib kelingan eksponatlar hammaga birdek manzur bo‘ldi.

Talabalar Sharof Rashidovning 100 yillik yubliyega atab yod olgan sherlarini aytib berdilar. Tadbirda Jizzax shaxar Yoshlar ittifoqi faollari ham ishtirok etdilar. Ular tomonidan tadbir ishtirokchilari tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.


Ulashish:
1 598
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.